So’nggi yangiliklar

00:11Акбар Усмонов: "Гватемаладан аламимиз бор. Сўнгги дақиқаларда эътиборни йўқотдик"  2 00:09РПЛ. "Рубин" янги мавсумни меҳмондаги ғалаба билан бошлади  0 23:54Гюндоган "Пахтакор"га қарши ўйнаши мумкин  2 23:35Тен Хаг МЮ ҳақида: "Гвардиолани ҳисобга олмаганда, биз икки мавсум давомида Англияда қолганлардан кўпроқ соврин ютдик"  1 22:55Хосе Венансио Лопес: "Агар бу расмий ўйин бўлганида бундай таваккалга қўл урмаган бўлардик"  1 22:19Акбар Усмонов: "Сўнгги ЖЧдан бери Гватемала биз учун принципиал рақиб"  1 21:28Бензема "Олтин тўп" ҳақида: "Совринга Винисиус муносиб"  5 21:20Mirabror Usmanov Cup-2024. Драматик кечган баҳсда Ўзбекистон футзал терма жамоаси Гватемалани 5:4 ҳисобида мағлуб этди  7 21:00Эдерсон кетса "Манчестер Сити" дарвозасини ким қўриқлайди?  1 20:31Париж-2024. Ўзбекистон ОТЖ ўрин олган гуруҳ: ўйинлар, таркиблар, натижалар  7 20:17"Астон Вилла" 50 млн. фунтга Онанани сотиб олди  1 20:05"Комо" "Ювентус" хавбекига даъвогарлик қилмоқда  0 19:48Mirabror Usmanov Cup-2024. Дарвозабон 2 та гол урган ўйинда Тожикистон Қирғиз Республикасини мағлуб этди  1 19:29Энцо Зидан тез орада фаолиятини якунлайди  6 19:02"Манчестер Сити" Доннаруммани қўлга киритиш ҳақида ўйламоқда  0

Kodi Gakpo: transfer bozorining yangi yulduzi Yangiliklar

Kodi Gakpo: transfer bozorining yangi yulduzi

Jahon chempionati nafaqat sovrin yutish, balki o'zini ko'rsatish uchun ham imkoniyat.

Ikkinchisi asosan jiddiy klublarga o'tishni xohlaydigan yosh o'yinchilarga tegishli. Ulardan biri – Kodi Gakpo.

PSV vingeri shundoq ham top-klublar nazorati ostida edi, ammo JCH-2022dan so'ng unga bo'lgan qiziqish yanada ko'paydi. 23 yoshli niderlandiyalik yanvardayoq transfer oynasi yulduzi bo'lishi mumkin.

Gakpo PSV tarbiyalanuvchisi hisoblanadi va 2007 yildan beri uning tizimida. Kodi klubning barcha yoshlar jamoalarida o'ynab chiqqan. U 2018 yilning 25 fevralida PSVning asosiy jamoasida debyut qildi. Gakpo o'shandan beri tobora o'z klubining muhim o'yinchisiga aylanib keldi.



"Qizil-oqlar"ning o'sha paytdagi ustozi Mark van Bommel asta-sekin yigitgani asosiy tarkibga tortgandi. Niderlandiyalik 2018/19 yilgi mavsum Erediviziyada 16ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol va 5ta assist qayd etdi. Bu futbolchining milliy chempionatda ham, xalqaro arenada ham o'sishi boshlanishi bo'ldi.

Gakpo 2019/20 yilgi mavsum ko'proq o'yin amaliyoti oldi va muntazam ravishda birinchi jamoada o'ynadi. Mavsum Kodi uchun omadli chiqdi: u Niderlandiya chempionatida 25ta o'yinda maydonga tushib, 7ta gol va 7ta assist qayd etdi. Uning o'yin amaliyoti 2020/21 yilgi mavsumga kelib yanada oshdi, ammo assistlar soni qisqardi.

Niderlandiyalik uchun 2021/22 yilgi mavsum yorqin bo'ldi. Gakpo o'sha mavsum barcha musobaqalarda 47ta o'yinda maydonga tushib, 21ta gol urishga erishdi. Butun mavsumdagi muvaffaqiyatli ishtiroki sabab uni Niderlandiyaning eng yaxshi futbolchisi deb tan olishdi.



Kodi milliy jamoada 2021 yilning 21 iyunida debyut qildi. O'yinchiga birinchi bo'lib Frank de Bur imkoniyat taqdim etdi. Futbolchi bunga qadar Niderlandiyaning U18, U19, U20 va U21 yoshlar termalarida o'ynagan. Gakpo Evro-2020ga chaqirildi va vinger Evropa chempionatida SHimoliy Makedoniyaga qarshi o'yinda debyut qildi.

JCHga esa Niderlandiya terma jamoasining eng umidli o'yinchilaridan biri sifatida yo'l oldi. Kodi Lui van Galning ishonchini oqladi va JCH-2022 guruh bosqichining har bir o'yinida gol urdi.

Gakpo ko'proq chap vinger poziciyasida o'ynaydi va imkoniyat bo'lganda markazga ko'chadi. Kodi yaxshi driblingga ega. Uning texnik imkoniyatlari himoyachilar ko'rsatayotgan bosimdan chiqishga imkon beradi. Uning bir o'zi ham hujumni yaxshi rivojlantiradi va ularni yakunlaydi.

Niderlandiyalik shuningdek sifatli uzun pasga ega. Uning ko'plab assistlari o'yindan yoki burchak to'pidan keyingi uzatmalardir. Futbolchida qanotdan darvoza tomon yorib kirish uchun etarlicha tezlik bor. Uni bu borada Vinisius bilan taqqoslashmoqda.



Gakpo haqida JCH-2022 davomida yanada ko'proq gapira boshlandi. Kodi o'zini ham klub, ham xalqaro darajada yaxshi ko'rsatdi. Niderlandiyalik ishtirokida yanvardayoq katta transfer bo'lishi mumkin. Davogarlar esa etarlicha.

Mish-mishlarga ko'ra, futbolchiga "Real", "Liverpul", "Manchester Yunayted" va "Bavariya" qiziqmoqda. Ayniqsa ushbu bitim hujumini kuchaytirishi kerak bo'lgan so'nggi ikki klub uchun aktual bo'lishi mumkin.

MYU oldin ham Gakpo uchun davogar edi. Birinchidan, jamoani uning vatandoshi boshqarmoqda. Ikkinchidan, manchesterliklarga Krishtianu Ronaldu ketganidan so'ng yangi hujumchi yoki vinger kerak.

O'tgan yozda "Yunayted" tomonidan o'yinchi bilan shartnoma imzolashga harakat bo'lgandi, ammo bu hech narsa bilan yakunlanmadi. MYU kelasi yilning boshida yana urinib ko'rishi mumkin. Niderlandiyalik agar mankunianlardan taklif kelib tushsa, uni ko'rib chiqishga tayyorligini malum qildi. Boshqa klublar ham nimadir taklif qilishsa kerak.



PSV o'z tarbiyalanuvchisi sotishga tayyor, ammo uni olish oson bo'lmaydi. "Qizil-oqlar" direktori Marsel Brands Gakponing sotuvi klub tarixidagi rekord bshhlishi kerakligini aytdi. PSV Kodini yanvarda qo'yib yuborishga tayyor, ammo yaxshi taklif tushgan taqdirdagina.

Niderlandiyaliklarning o'zlari kimdir qishda katta pullar to'lashni xohlayotganiga ishonchlari komil emas. Mish-mishlarga ko'ra, klub futbolchi uchun 60 mln evro talab qilmoqda. Bu hozirgi sharoitlarda o'ta katta pul emas. Qishda o'yinchilar uchun bundan ham ko'p pul to'langan paytlar bo'lgan.

Hech kim Gakponing top-klubga o'tishiga shubha qilmayapti – bu faqatgina vaqt masalasi. Gap niderlandiyalikning qachon klubdan ketishida. Davogarlar bor, ammo ularning imkoniyatlari qanday? Masalan, MYUda hozircha transfer siyosati va ehtimoliy sotuvlarni hisobga olsa, hech narsa tushunarli emas.



Niderlandiyalik ham o'sishi uchun to'g'ri tanlov qilishi muhim. Gakpo qaerga yo'l olmasin, bu katta va qimmat transfer bo'ladi, ammo hozircha eng yaxshisi – xotirjamlikni saqlash.


Alisher Ostonov tarjimasi

Muallif : Alisher
Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика