Klyuyvert van der Sar yashirgan sirni aytdi
18 may 2018 12:11
Yangiliklar


Klyuyvert van der Sar yashirgan sirni aytdi
Bir yildan keyin erkin agentga aylanadigan "Ayaks" futbolchisi Jastin Klyuyvertning aytishiga ko'ra, u "Tottenxem"ga o'tishi kerak bo'lgan.
Biroq buni Edvin van der Sar hamda Mark Overmars barchadan yashirgan.
"Men buni so'nggi daqiqalarda bilganman. "Ayaks" rahbariyatidagilar buni yashirishdi. Ular mening ustimdan kulgandek bo'lishdi. Ko'ryapsizmi, bizdagi tizim qanday.
To'g'ri, qolishni istaganman, o'sha paytda mening ikki yillik shartnomam bor edi. Biroq kelajagim borasidagi ayrim malumotlarga ega bo'lishim kerak", - dedi Klyuyvert.
Oldinroq Rayola Klyuyvertni "Manchester Yunayted"ga olib o'tishga shama qilgandi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar