Klyuyvert "Roma"dan "Nicca"ga o'tishga yaqin
15 iyu 2021 18:47
Yangiliklar
Klyuyvert "Roma"dan "Nicca"ga o'tishga yaqin
"Roma" hujumchisi Jastin Klyuyvert faoliyatini Franciyada davom ettirishi mumkin.
Fabricio Romanoning malumotiga ko'ra, forvard "Nicca"ga transfer bo'lishga yaqin. Jamoa yangi bosh murabbiyi Kristof Galte 22 yoshli niderlandiyalik bilan transfer borasida gaplashdi.
Qayd etish kerakki, ikki klub ham kelishuvga erishishga yaqin va bitim yakunlanish arafasida.
Klyuyvert o'tgan mavsum "Leypcig"da ijara asosida o'ynadi. U barcha musobaqalarda 27ta o'yinda maydonga tushib, 4ta gol va 1ta assist qayd etdi.
Fikrlar