Klyuyvert MYUga emas, Rim jamoasiga o'tishga yaqin turibdi
25 may 2018 11:30
Yangiliklar


Klyuyvert MYUga emas, Rim jamoasiga o'tishga yaqin turibdi
"Ayaks" hujumchisi Jastin Klyuyvert "Roma"ga o'tishi mumkin.
"Calciomercato" xabariga ko'ra, rimliklar 19 yoshli futbolchi bilan shartnoma imzolashga tayyor turishibdi. Biroq tomonlar transfer narxini belgilay olishmayapti. "Roma" Jastin uchun 15 mln evro to'lamoqchi, "Ayaks" esa 20 mln so'ramoqda.
2017/18 yilgi mavsumda Klyuyvert "Ayaks" tarkibida 36 uchrashuvda qatnashib, 11 gol kiritdi.
Oldinroq Jastin "Manchester Yunayted"ga o'tishi borasida xabarlar tarqagandi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar