So’nggi yangiliklar

12:25"Сурхон" Ҳамиджоновни "Хоразм"га ижарага берди  1 12:07Бугунги ўйинлар: U-23 Осиё Кубоги очилиш ўйинлари, “Ювентус” сафарда ва бошқалар  3 11:55"Насаф" бор-йўғи 4 ўйинда қатнашган легионер дарвозабони билан хайрлашди  2 11:40"Нефтчи" Анталияда "Шахтёр", "Динамо" Батуми ва "Қорабоғ" билан тўқнаш келади  5 11:22Мбаппе — 2025 йилнинг энг яхши пенальтичиси  4 10:45Раҳимжон Давронов: “Ажойиб муҳит бўлади. Шу томонлама менга қизиқ ва ёқимли бўляпти”  0 10:18"Манчестер Сити" АПЛнинг энг қиммат ҳимоячиларидан бирини сотиб олмоқчи  7 09:51"Локомотив" яна бир собиқ футболчисини ортга қайтаришга яқин  2 09:23"Сурхон" U-21 чемпионати тўпурари билан шартнома имзолади  4 08:57Виталий Левченконинг навбатдаги жамоаси деярли аниқ  10 08:30Расман. Гвардиол узоқ муддатга сафдан чиқди  10 08:04Алижоновнинг трансфери нима учун барбод бўлди?  12 07:45Суперлигадаги трансферлар бир саҳифада  37 02:17Африка Миллатлар Кубоги. Осимхендан дубль, Лукмандан "гол+пас": Нигерия Мозамбикни тор-мор этди  5 01:13"Андижон" Абдуманнопов билан шартномани узайтирди  3

Klublarning xavfsizlik bo'yicha oficerlari uchun seminar tashkil etildi Yangiliklar

Klublarning xavfsizlik bo'yicha oficerlari uchun seminar tashkil etildi

Teglar :  PFL
Futbol uchrashuvlari paytida ishtirokchilar, qolaversa stadionga tashrif buyuruvchi ishqibozlar xavfsizligini taminlash juda muhim jihatlardan biri sanaladi.

Bunda ayniqsa, klub tizimida faoliyat olib borayotgan Xavfsizlik bo'yicha oficerlar o'z vazifalarini to'laqonli bajarishlari zarur bo'ladi.

Klublar xavfsizlik bo'yicha oficerlarining xizmat vazifalari, ularga qo'yiladigan talablar, o'yin oldidan va uchrashuv davomida stadion hududida xavfsizlik qoidalariga to'la rioya etilishini taminlash, ayniqsa pandemiya sharoitida etibor qaratish lozim bo'lgan jihatlarga bag'ishlab bugun O'zPFLda Superliga hamda Pro liga klublari xavfsizlik bo'yicha oficerlari uchun maxsus seminar tashkil etildi.

Unda O'FA, Ichki ishlar organlari va Milliy gvardiyaning jamoat tartibini saqlash bo'yicha masullari ham ishtirok etishdi.

Seminarda xavfsizlik bo'yicha oficerning xizmat vazifalari, ularning o'yinni xavfsiz va barcha qonun-qoidalarga mos ravishda o'tishidagi ahamiyati muhokama etildi. Har bir klub uy uchrashuvlarini o'tkazadigan stadionda xavfsizlik rejasi ishlab chiqilgan bo'lishi lozim ekani, o'yin davomida klub vakili aynan mana shu reja asosida jamoat tartibini saqlash bo'yicha Ichki ishlar organlari va Milliy gvardiya bilan yaqin hamkorlikda ishlashiga kelishib olindi.

Qolaversa, pandemiya sharoitida stadionga tashrif buyuradigan barcha muxlis hamda ishtirokchilar karantin qoidalariga rioya etishi, ijtimoiy masofa saqlashi, shuningdek tibbiy niqobda bo'lishlarini taminlash bo'yicha ham hamkorlikda ish olib borishga kelishildi. Jarayon O'FA tomonidan nazorat qilib boriladi.


Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика