So’nggi yangiliklar

21:05ЖЧ-2026 саралаши. Ўзбекистон - КХДР, Машарипов голини Роналду услубида нишонлади  4 20:54ЖЧ-2026 саралаши. Ўзбекистон КХДРни мағлуб этиб, учинчи босқични 3 очко билан бошлади  283 20:41Ўртоқлик учрашуви. Россия Вьетнамни қийинчиликсиз мағлуб қилди  0 20:25ЖЧ саралаши. Гуруҳимиздаги икки ўйиннинг асосий таркиблари маълум бўлди  2 18:47ЖЧ-2026 саралаши. Жанубий Корея Фаластин дарвозасига йўл топа олмади!  7 18:15ЖЧ-2026 саралаши. Япония Хитой дарвозасига жавобсиз 7 та гол урди!   7 17:50ЖЧ-2026 саралаши. Ўзбекистон МТЖ футболчилари "Бунёдкор" стадионига етиб келишди  6 17:36ЖЧ-2026 саралаши. Ўзбекистон - КХДР: Асосий таркибимиз маълум  43 17:17"Бунёдкор" стадиони Ўзбекистон - КХДР учрашувига тайёр  6 17:17ЖЧ-2026 саралаши. Австралия ўз уйида мағлубиятга учради  8 17:05ЖЧ-2026 саралаши. Ўзбекистон - КХДР учрашувини кимлар шарҳлайди?  7 16:53Расман: МЮ ва "Челси" собиқ футболчиси фаолиятини Австралия давом эттиради  4 16:34Фабрицио Романо: "Каземиро "Манчестер Юнайтед"ни тарк этмоқда"  4 16:15Breaking! Абдуқодир Ҳусанов Францияга учиб кетмоқда  21 15:51Ўзбекистон ва КХДР ўзаро ўйинлар тарихи. Пхеняндаги мағлубият, Гейнрихнинг чиройли голи ва Австралияда "порлаган" Сергеев  4

"Klublarni xususiylashtirish qachon boshlanadi?" Ravshan Ermatov muxlislar savollariga javob berdi Yangiliklar

"Klublarni xususiylashtirish qachon boshlanadi?" Ravshan Ermatov muxlislar savollariga javob berdi

Aziz futbol ishqibozlari, karantin davrida siz-u bizdan uyda qolib, koronavirus infekciyasi tarqalishining oldini olishda ulkan xissa qo'shish talab etilmoqda.

O'FA Media bo'limi esa bu orada siz uchun qiziqarli loyihalarni taqdim etishda davom etadi.

Endilikda “Savol yo'llang!” loyihasi doirasida o'zbek futboli jamoatchiligi vakillariga o'zingizni qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilish imkoniga ega bo'lasiz.

Loyihaning ilk sonida O'FA Birinchi vice-prezidenti Ravshan Ermatov siz yo'llagan savollarning eng saralariga javob berdi.

Quyida O'FAning rasmiy Instagram sahifasiga muxlislardan kelib tushgan savollarga berilgan javoblar bilan tanishishingiz mumkin:


– Assalomu alaykum, milliy terma jamoamiz libosini o'zgartirishning ilojisi bormi? Masalan, Puma, Adidas, Nike kompaniyalari bilan shartnoma tuzilishini istardik… (ssuxrob3753)


– Biz ayni vaqtda Germaniyaning Jako kompaniyasi bilan 2018 – 2021 yillarga tuzilgan amaldagi shartnoma asosida hamkorlik qilyapmiz. SHu bilan birga dunyoning etakchi sport kiyimlari ishlab chiqaruvchi kompaniyalarning faoliyatini ham kuzatib bormoqdamiz. Jako bilan shartnomamiz yakuniga etgach, keyingi bosqich haqida o'ylaymiz. Agar ushbu kompaniya bizning terma jamoalarimizga xos, yangilangan, sifatli hamda chiroyli formalarni taklif eta olsa, biz hamkorlikni davom ettiramiz. Aks holda, albatta boshqa takliflarni ham o'rganib chiqishga tayyormiz. Bu ham bir raqobat.

– Assalomu alaykum, Ravshan aka. Men Nukusdan Aybekman, savolim quyidagicha: Qoraqalpog'istonda futbol muxlislari Vodiydagidan kam emas. Oxirgi marta Oliy liga havosidan 2001-2002 mavsumda nafas olganmiz. Qachon Qoraqalpog'istonga katta futbol qaytadi? (6365.bek)

– Qoraqalpog'istonda futbol ananalari uzoq yillarga borib taqaladi. Ushbu o'lkadan terma jaomamiz uchun bir qancha istedodlar etishib chiqqan, qolaversa bugungi kunda ham qoraqalpog'istonlik ko'plab mutaxassislar futbolimizdagi faoliyatini muvaffaqqiyatli davom ettirmoqdalar. O'zbekiston futbol associaciyasi OFK bilan hamkorlikda Qoraqalpog'istonda FIFA standartlariga mos zamonaviy futbol maydonini qurib bitkazdi. O'ylaymanki, yuqori sifatli maydon mahalliy futbolchilar uchun qulaylik yaratishga xizmat qiladi. SHu bilan birga tan olish kerak, yuqori ligalarimizda Qoraqalpog'iston klublari soni ko'p emas. Biz muammoni atroflicha o'rganib chiqish maqsadida joylarga borib futbol bilan shug'ullanish uchun yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishdik. Qoraqalpog'istonga O'FAning mutaxassislari guruhini yuborib, bolalar futbolidan tortib, professional futbol obektlari faoliyatini sinchikovlik bilan o'rgandik. Kamchiliklar bor. Lekin, bosqichma-boqich ularni bartaraf etish va qoraqalpoq futbolini mavqeini tiklash bo'yicha reja tuzib chiqildi. G'alabalar hali oldinda.

– Nega oxirgi yillarda amputantlarga etibor past? Jahonning eng kuchli terma jamoasi oxirgi yillarda o'z o'rnini berib qo'ydi. (shukhrat.8353)


– O'FAda faoliyatimni boshlaganimdan so'ng birinchilardan bo'lib mana shu terma jamoamiz haqida qiziqdim. CHunki, amputantlar terma jamoasi tarixiy natijalar qayd etishgan. Ularni etibordan chetda qoldirib bo'lmaydi. Ayni vaqtda terma jamoalar bo'limi ushbu jamoamiz faoliyatini muvofiqlashtirib turibdi. Biz yil laureatlarini taqdirlash marosimida ham aynan mana shu terma jamoamizga atalgan maxsus nominaciya joriy etdik. CHunki, futbolchilar doimiy etiborda va etirofda ekanliklarini his etishlarini xohlaymiz. SHunda g'alabalarga bo'lgan intilish kuchayadi. Afsuski, o'tgan yili amputantlar terma jamoasi g'alabalariga poydevor qo'ygan inson, bosh murabbiy Rustam Kariev olamdan o'tdilar. Bu futbolimiz uchun katta yo'qotish bo'ldi. Umid qilamanki, ularning shogirdlari orasida g'alabali ananalarni davom ettiradigan mutaxassislar etishib chiqadi.

– Terma jamoamiz qachon kuchliroq raqiblar bilan Toshkentda o'ynaydi? (boburbekmuxiddinov)


– O'zbekiston milliy terma jamoasi hozirda Jahon chempionati saralash turnirida qatnashmoqda. Tayyorgarlik esa bosh murabbiyning rejasidan kelib chiqib olib boriladi. Terma jamoamiz bosh murabbiyi Vadim Abramov rasmiy o'yindagi bo'lajak raqibdan kelib chiqib, biz uchun foydali bo'lishi kutilayotgan raqibni tanlaydi va bizga murojaat qiladi. O'z navbatida O'FA rahbariyati va xalqaro aloqalar bo'limi uning tanlagan jamoasi bilan muzokalar o'tkazamiz.

– Nega milliy terma jamoa bosh murabbiyi bir vaqtning o'zida ikkita jamoada ishlaydi? (manunited_1)


– “Bunyodkor” klubi o'zbek futbolida bugungi kunda juda katta o'rin tutadi. Bilasiz, turli yoshdagi terma jamoalarimizga “Bunyodkor” akademiyasi ko'plab istedodli futbolchilarni tarbiyalab berdi. Vadim Abramov associaciya bilan shartnoma tuzayotgan paytda bu masalani ko'targandik. Murabbiy qiyin vaziyatda klubni tashlab ketmasligi, terma jamoadagi ishini prioritet masala deb bilishini malum qildi.

– Ravshan Ermatov referilikka qaytadimi? (akhmedov_17)


– Bilasiz, davlatimiz rahbari tomonidan futbolga, umuman sportga qo'yilayotgan talablar juda yuqori. Ayni vaqtda bizga topshirilgan masuliyatli vazifalarga bor kuch va imkoniyatlarimizni safarbar etyapmiz. SHu sababli, referilikka qaytish haqida hozir o'ylamayapman.

– Yaqin orada yurtimizda o'tkaziladigan yirik futbol turnirlari haqida malumot bera olasizmi? (elbek7187)


– O'zbek futboli tarixida birinchi bor U-19 Osiyo chempionati bizning yurtimizga ishonib topshirildi. OFK rejasi bo'yicha turnir oktyabr oyida boshlanishi kerak. Biroq, butun dunyo pandemiya holatiga duch kelgani sababli ko'plab yirik turnirlarning sanalari o'zgarib ketmoqda. SHu sababli ham qita chempionati borasida OFK tomonidan chiqariladigan qarorni kutib qolamiz. Umid qilamizki, tez fursatda insoniyat bu baloni engib o'tadi va O'zbekistondagi Osiyo chempionati belgilangan muddatda boshlanadi.

– Faoliyatingiz davomida boshqargan eng qiyin va esda qolarli o'yin qaysi? (elbek7187)


– Savol uchun rahmat. Hakamlik faoliyatim davomida eng qiyin uchrashuvlar bu 2010 yilgi Jahon chempionati yarim finali Gollandiya – Urugvay va 2018 yilgi mundialdagi Xorvatiya – Argentina uchrashuvlari. Agar eng esda qolgan o'yinni eslasam, bu albatta Jahon chempionati-2010 ochilish uchrashuvi, Janubiy Afrika Respublikasi va Meksika terma jamoalari o'rtasidagi bahs.

– Milliy terma jamoamizga Evropadan kuchli mutaxassis olib kelish masalasiga fikringiz qanday? (khaydarov.ozodbek)


– Evropalik murabbiy masalasida ayni vaqtda gapirish noo'rin. CHunki terma jamoamizda murabbiy bor. Agar umumiy bu mavzudagi fikrimni aytsam, murabbiyning qaerdan ekanligi muhim emas. Balki, asosiysi terma jamoaning o'yin uslubiga qanchalik mosligini o'rganish kerak. Murabbiyning ishga yondoshuvi va oldiga qo'yadigan maqsadlari ahamiyatliroq.

– Klublarni xususiylashtirish qachon boshlanadi? (tolipov183)


– Juda o'rinli savol. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 4 dekabrdagi “O'zbekistonda futbolni rivojlantirishni mutlaqo yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to'g'risida”gi Farmonida bu masalaga alohida etibor qaratilgan. 2030 yilga qadar klublarni bosqichma-bosqich xususiylashtirish bo'yicha vazifa belgilab berilgan. Bu borada rejali ravishda ish boshlab yuborilgan.

– Futbolda iqtidori bo'lib, yoshi esa 20dan o'tgan bo'lsa, ularni ko'rikdan o'tkazish mumkinmi, ular futbolda faoliyat olib bora oladimi? (ahmadjonovazamatjon)


– Agar 20 yoshgacha professional tarzda futbol o'ynamagan bo'lsa va shu yoshda endi boshlamoqchi bo'lsa, u holda bu albatta kech. CHunki, 20 yoshga kelib futbolchilar klublarda asosiy tarkibda, terma jamoalarda esa xalqaro turnirlarda qatnashayotgan bo'lishadi. Buning ustiga yuqori texnika va istedoddan tashqari futbolda jismoniy kuch hamda tayyorgarlik katta rol o'ynaydi. Etarli tayyorgarliksiz futbol o'ynash og'ir jarohatlarni keltirib chiqarishi mumkin. Agar umumiy futbol tizimidagi faoliyat nazarda tutilayotgan bo'lsa, unda albatta boshqa yo'nalishlarda o'zini sinab ko'rsa bo'ladi. Murabbiylikka o'qish mumkin. Hakamlikda o'z imkoniyatlarini sinab ko'rsa ham bo'ladi.

– VAR tizimi O'zbekistonda qachondan ishlaydi? (abdulaziz_3110)


– VAR tizimini O'zbekistonda joriy etish bo'yicha dastlabki qadamlar hozirning o'zida tashlangan. Biz o'zbekistonlik mutaxassilarga tizimni o'qitish bo'yicha FIFA mutaxassislarini taklif etdik. SHundan so'ng tizimning texnik jixozlash ishlarini boshladik. Xatto test rejimida ishlatib ham ko'rdik. Albatta rasman ishga tushirish uchun bizning mutaxassislar bu yo'nalishni to'liq o'zlashtirishi, stadionlar maxsus jixozlanishi, va eng muhimi VAR ishlatish uchun licenziyaga ega bo'lishimiz kerak. O'ylaymanki bu ishlarni keyingi mavsum boshiga qadar yakuniga etkazamiz va tizimni ishga tushiramiz.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика