So’nggi yangiliklar

18:33Ўзбекистон - Туркманистон. Асосий таркибимиз маълум  0 18:33"Қайрат" – "Реал" учрашувига 4-5 минг сайёҳ келиши кутилмоқда  0 18:05"Қайрат"нинг Чемпионлар Лигасидаги ўйинлари Остонада ўтказилиши режалаштирилмаган  1 17:38"Астон Вилла" "Ливерпуль" хавбеки билан шартнома имзолади  3 17:10"Бавария" "Челси" ҳужумчисини ижарага олди  5 17:05CAFA Nations Cup. Ўмон Қирғизистон билан беллашмоқда (онлайн ҳисоб)   14 16:41"Комо" Деле Алли билан шартномани бекор қилди  0 16:14"Челси" Буонанотте трансферини расмийлаштирди  3 15:23"Ал Насср" Ал Нассирни сотиб олди  3 14:56"Ноттингем Форест" "Арсенал" футболчисини ижарага олди  0 14:30Ла Лига етакчиларидан бири "Олтин бутса" соҳиби билан шартнома имзолади  0 14:10Расман: Доннарумма – "Манчестер Сити" янги дарвозабони!  8 13:44Хави Бундеслигада иш бошлаши мумкин  0 13:15"Астон Вилла" Виктор Линделёфни сафига қўшиб олди  0 12:48Арне Слот: "Агар "Ливерпуль" – "Арсенал" ўйини шу йўсинда 10 марта ўйналганида, 8 таси дуранг билан якунланган бўларди"  5

Klublarni ro'yxatdan o'tkazish jarayoni endi MyLeague onlayn platformasi orqali amalga oshiriladi Yangiliklar

Klublarni ro'yxatdan o'tkazish jarayoni endi MyLeague onlayn platformasi orqali amalga oshiriladi

Teglar :  O'zPFLMyLeague
O'zPFL yangi mavsum uchun klublarni ro'yxatdan o'tkazish jarayonini boshladi.

SHu paytga qadar klublar zarur hujjatlar to'plamini tayyorlagach O'zPFLga olib kelib taqdim qilar edi. Endilikda yangi mavsum uchun ro'yxatdan o'tkazish jarayoni O'zPFLning maxsus elektron tizimi – MyLeague onlayn platformasi orqali bajariladi. 

Mazkur tizim yangi mavsumdan etiboran test ko'rinishida tatbiq etilmoqda. Elektron tizimning afzallik jihati shundan iboratki, klub bunda ro'yxatdan o'tish uchun tayyorlaydigan hujjatlarini har gal O'zPFLga olib kelishi talab etilmaydi. Klubning tasis hujjatlari, stadion va futbol maktabiga oid hujjatlar, tibbiy ko'rik va sug'urta malumotlari, asosiy tarkib, U-21 va U-18 jamoalari futbolchilari bilan tuzilgan shartnomalarni bundan buyon MyLeague onlayn platformasiga yuklash mumkin bo'ladi. Qolaversa, mazkur tizim futbolchilarning transfer va ijaraga o'tishi jarayonini, uning shartnoma muddatlarini to'liq monitoring qilib borish, shuningdek, futbolchilar va murabbiylarning elektron malumotlar bazasini shakllantirib borish imkonini taqdim etadi. 

Platformada har bir klubning alohida sahifasi mavjud bo'ladi. Ayni paytda O'zPFLda klublar vakillari uchun trening tashkil etilib, onlayn platformadan foydalanish bo'yicha zarur tavsiya va ko'rsatmalar berib borilmoqda. Hozirga qadar “Bunyodkor”, “Paxtakor”, AGMK va “Qo'qon-1912” klublari vakillari MyLeague platformasi bilan tanishdi. Joriy hafta davomida Superliganing qolgan ishtirokchi klublari uchun ham treninglar tashkil etiladi.

Reyting: +11   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика