Klublar o'rtasidagi JCH. Bugun “Real” Afrikaning eng nomdor klubiga qarshi o'ynaydi
08 fev 2023 08:25
Yangiliklar


Klublar o'rtasidagi JCH. Bugun “Real” Afrikaning eng nomdor klubiga qarshi o'ynaydi
Unda ECHL amaldagi g'olibi “Real” hamda Afrika futbol konfederaciyasi chempionlar ligasi 2021/22 yilgi mavsum finalchisi “Al Ahli” o'zaro bahs olib boradi. 1/2 finalning mazkur bahsi 23:59 da boshlanadi.
Eslatib o'tamiz, ushbu juftlik g'olibi finalda “Al Hilol” bilan o'ynaydi, mag'lub jamoa esa “Flamengo” bilan 3-o'rin uchun bahslashadi.
Klublar o'rtasidagi mundialning hal qiluvchi uchrashuvi 11 fevral kuni Rabotdagi Mulay Abdulla nomidagi stadionda bo'lib o'tadi.
Karlo Anchelotti quyidagi futbolchilarni muobaqaga olib kelgan:
Darvozabonlar: Lunin, Lopes, Kanisares.
Himoyachilar: Karvaxal, Alaba, Valexo, Nacho, Odriosola, Ryudiger, Marvel.
Yarim himoyachilar: Kroos, Modrich, Kamavinga, Valverde, Tchuameni, Sebalos, Martin, Arribas.
Hujumchilar: Asensio, Vinisius, Rodrigo, Mariano.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar