So’nggi yangiliklar

13:08Эрнан Креспо "Сан-Паулу" бошқарувига қайтди  0 12:40Қозоғистонлик депутат: "Қозоғистон ўз камчиликлари устида ишлаши ва бошқаларнинг муваффақиятидан сабаб изламаслиги керак"  1 12:14Ўзбекистон аёллар миллий терма жамоаси ўқув-машғулот йиғинига киришмоқда  0 11:48ЎзФҲМ "Андижон" – "Қизилқум" ўйинида юзага келган баҳсли вазият бўйича изоҳ берди  4 11:10Шомуродов Туркия клубининг таклифини қабул қилдими?  13 10:47Алонсо собиқ шогирдини “Реал“га олиб келиши мумкин  8 10:20МЮ ўз футболчисини “Реал“га таклиф қилди  3 09:52Мбаппе касалхонадан чиқди  0 09:25ЦСКАнинг янги бош мураббийи ким бўлиши маълум  5 09:10Суперлига. "Сўғдиёна" Дориевнинг ягона голи эвазига ғалаба қозонди, "Қизилқум" эса сафарда "Андижон" билан дуранг ўйнади  1 08:58Месси ғалабадан сўнг нималар деди?  6 08:33Россия футболида катта можаро. Клуб раҳбари 15 йилга қамалиши мумкин  7 08:02Клублар ўртасидаги ЖЧ. ПСЖ кутилмаганда имкониятни бой бериб қўйди  20 07:40Суперлига. Бугун 13-тур давом эттирилади  2 07:11Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Атлетико" муҳим ғалабани қўлга киритди  1

Klublar o'rtasidagi Jahon chempionati. Bugun final Yangiliklar

Klublar o'rtasidagi Jahon chempionati. Bugun final

Bugun Toshkent vaqti bilan soat 15:30da Yaponiyada klublar o'rtasidagi Jahon chempionatining final uchrashuvi bo'lib o'tadi.

Unda Evropa chempioni Madridning "Real" klubi Yaponiya chempioni "Kashima Antlers"ga qarshi maydonga tushadi. Bahs Yokogama shahridagi "Yokogama" stadionida bo'lib o'tadi.


FINAL
"Real Madrid" (Ispaniya) - "Kashima Antlers" (Yaponiya)
18 dekabr 2016. Yokogama. "Yokogama Interneyshnl" stadioni. 15:30 (Toshkent vaqti)
Hakamlar:
Janni Sikazve (Zambiya), Marva Range (Keniya), Jerson Dos Santos (Angola), Viktor Kashshai (Vengriya)

Taxminiy tarkiblar:

"Real Madrid":
Navas; Karvaxal, Ramos, Varan, Kazemiro; Modrich, Kroos; Vaskes, Benzema, Ronaldu

"Kashima Antlers": Sogaxata, SHoji, SHoma, SHibasaki, Nakamura, SHuto, Akasaki, Daigo, Ueda, Endo, Ogasavara



3-o'rin uchun o'yin
"Amerika" (Meksika) - "Atletiko Nasional" (Kolumbiya)
18 dekabr 2016. Yokogama. "Yokogama Interneyshnl" stadioni. 12:00 (Toshkent vaqti)
Hakamlar:
Navaf SHukrulla (Bahrayn), Yosir Tulefat (Bahrayn), Tolib Al Marri (Qatar), Abdulqodir Zituni (Franciya Polineziyasi)

"Real" bosh murabbiyi Zinedin Zidan:
Bu musobaqa biz uchun juda muhim. Yaponiyaga g'olib bo'lish uchun keldik, eng yaxshi o'yinimizni ko'rsatishga urinayapmiz. O'yin qiyin bo'ladi, "Kashima" bizga muammolar yaratadi, bunga tayyormiz. Balki, birinchi o'yinni uzoq parvozdan so'ng charchoq, iqlimga moslashish va maydonga ko'nikish tufayli yaxshi o'tkazmagandirmiz. "Amerika"ga qarshi yarim final bahsda ko'p kuch yo'qotdik, ammo finalga tayyormiz.

"Real" sardori Serxio Ramos:
Har safar sovrin yutish imkoniyati tug'ilganida yangi narsaga to'qnash kelasan. Ko'plab g'alabalarga qaramay har yili barchasini yangitdan boshlayman. Men - sardorman, g'alaba qozonsak sovrinni boshim uzra ko'taraman. Bundan faxrlanaman. Ko'plab sovrinlarni ko'tarishni orzu qilaman. Finalda g'olib bo'lib chempion bo'lishni istayman.


Saytimizning Facebook dagi sahifasi - facebook.com/championat.asia

Reyting: +23   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика