So’nggi yangiliklar

16:20"Андижон"га янги дарвозабон ва мураббий келмоқда  1 16:069 нафар ҳакам ўйин натижаларига таъсир кўрсатишда гумонланмоқда  2 15:55Эшитдик-да! "Навбаҳор" яна икки нафар бразилиялик футболчини олиб келмоқчи  6 15:32Улар ҳақида эртага ҳам гапиришади: биринчи давранинг кашфиётлари кимлар бўлди?  0 15:10Авазбек Ўлмасалиев: "Иккинчи даврада ўз ўрнимизни қайтарамиз, ОКМК курашдан чиққани йўқ"  0 14:45Энрике Доннарумма ҳақида: "Жижжо яхши инсон эканини ҳамма билади. Мусиалага тезроқ соғайишини тилаймиз"  3 14:32"Андижон"га польшалик ҳимоячи келмоқда  8 14:15"Интер" Чалханоглу учун 30 миллион евро сўраяпти, аммо клуб ярим ҳимоячини сақлаб қолмоқчи  3 14:04Рустам Ашурматов "Истиқлол"да тиббий кўрикдан ўтди  2 13:45Родриго "Ал Насср"га ўтаётгани ҳақиқатми?  2 13:15Биринчи давра таҳлили: Суперлигада ким энг самарали дарвозабон бўлди?  2 13:11Хвича "Реал"га қарши ўйин олдидан: "ПСЖ уларнинг барча футболчиларини ҳурмат қилиши керак"  3 12:48Энрике клублар ўртасидаги ЖЧ ярим финали олдидан: "Реал"ни таҳлил қилиш қийин – тактик жиҳатдан бу янги жамоа"  8 12:33"Пахтакор" дарвозасига урилган гол тўғри бекор қилиндими? Суперлиганинг 15-турида ҳакамлик муҳокамаси  21 11:59"Деярли ҳар куни йиғлардим"  12

Klublar OFK licenziyasi uchun harakatga kirishdi Yangiliklar

Klublar OFK licenziyasi uchun harakatga kirishdi

Musobaqalarni kuz-bahor tizimida o'tkazishga o'tgan OFK licenziyalash davriga ham o'zgartirish kiritdi.

Endilikda qita futbol klublari yanvar oyidan boshlab aprel oyi so'ngiga qadar licenziyalash jarayonida ishtirok etadi. 

SHundan kelib chiqib, Liga Superliga va Pro liga futbol klublarining licenziyalash menejerlari hamda buxgalterlari ishtirokida seminar o'tkazdi. Mazkur seminar Liganing Klublarni licenziyalash va xalqaro aloqalar bo'limi boshlig'i Zohirjon Akramxonov tomonidan olib borildi. 

Seminar davomida licenziyalash jarayoni, unga kiritilgan o'zgarishlar, talablar masalasida futbol klublariga batafsil malumot berildi. So'nggi ikki mavsumdan buyon Liga licenziyalash harakatlarini monitoring qilibgina qolmay, futbol klublari bilan hamkorlikda mazkur jarayonda teng mehnat qilyapti. Buning natijasida bugungi kunga kelib O'zbekistonda OFK licenziyasiga ega chiqqan 12 ta futbol klubi hamda 2 ta ayollar jamoasi mavjud. Liganing navbatdagi maqsadi licenziyaga ega chiqayotgan klublar sonini yanada ko'paytirishga erishish hisoblanadi. 

2020 yilgi mavsumga kelib Liga Pro liga qatnashchilarini ham licenziyalash jarayoniga jalb qilish tashabbusi bilan chiqdi. Buning natijasida 2021 yilga kelib Pro liganing 3 ta klubi OFK licenziyasini qo'lga kiritishga erishdi. SHu asosda Liga 2024 yildan boshlab Pro ligada faqatgina professional futbol klublari ishtirokini taminlash rejasi sari ilk qadamlarni tashladi. 

2023 yilga kelib ilk marta Birinchi liga jamoasi ham licenziyalash jarayonida ishtirok etishi ko'zda tutilgan. Agar Birinchi liga jamoasi OFK licenziyasini qo'lga kirita olsa, 2023 yilgi mavsum natijasidan qati nazar 2024 yilda Pro liga qatnashchilari safiga qo'shiladi. 

2023 yildan boshlab “Andijon SGS”, “G'ijduvon”, “Do'stlik Toshkent” kabi jamoalar ilk marta OFK licenziyasi uchun harakat qilib ko'radi. SHu tariqa licenziya talabgori bo'lgan futbol klublari soni 25 tani tashkil etishi rejalashtirilgan. “Yunired” va “Aral” futbol klublari tashkil etilganiga hali 2 yil to'lmagani munosabati bilan OFK licenziyalash jarayoniga 2024 yildan boshlab jalb qilinadi. SHu tariqa, mazkur klublar milliy licenziyalash talablari asosida xalqaro licenziya uchun tayyorlab boriladi. Pro ligada ishtirok etish huquqini qo'lga kiritgan “Navbahor-farm” esa “Navbahor lochinlari” qoshidagi jamoa sifatida licenziyalash jarayonida qatnashmaydi. 

Malumot uchun, “Superliga va Pro liga reglamenti”ning 10.5-bandiga ko'ra OFK licenziyasini qo'lga kiritgan futbol klubiga O'FA tomonidan professional futbol klubi maqomi taqdim etiladi. Liga musobaqalarida ishtirok etayotgan qolgan barcha jamoa yarim professional futbol jamoasi hisoblanadi.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика