So’nggi yangiliklar

14:56Беллингемнинг "Ливерпул"даги дўсти кейинги йил "Реал"га ўтади  1 14:22"Фиорентина" ярим ҳимоячи Андреа Колпанини ўз сафига қўшиб олмоқчи  0 13:58"Бавария" уч нафар футболчиси билан хайрлашишга тайёр  1 13:37Ла Лига энг кўп маош олувчи футболчилар ТОП-10 — рўйхатда "Атлетико"дан битта футболчи бор  0 12:53"Бавария" ва "Ювентус" Англия термаси марказий ҳимоячисини ўз сафига қўшиб олмоқчи   0 12:32Миллатлар Лигаси доирасидаги баҳсда Бельгия Исроилни Венгрияда қабул қилади  3 11:56"Интер" "Зенит" ҳимоячисига қизиқиш билдирмоқда  0 11:27Mirabror Usmanov Cup-2024. Ўзбекистон бугун Қирғиз Республикасига қарши кураш олиб боради  2 10:53МЮдан навбатдаги юриш. Инглизлар 90 миллион евролик трансферни амалга оширишга тайёр  10 10:25«Барселона» Дани Ольмо бўйича музокараларни бошлади. Каталонияликлар қанча таклиф қилгани маълум  11 09:57«Атлетико» икки нафар Европа чемпионлари билан шартнома тузмоқчи  0 09:28Месси ХХI асрнинг энг яхши спортчилар рейтингининг ТОП-3лигидан жой олди. Роналду эса…  28 09:00Слот «Ливерпуль» бошқарувидаги дебют ўйнида Чемпионшип вакилига мағлуб бўлди  2 08:31«Пахтакор»нинг яна бир футболчиси «Металлург»га ижарага берилди  2 08:05АПЛ. Ким энг кўп ойлик олади?  1

Klublar chetga, hakamlar Toshkentga! Yangiliklar

Klublar chetga, hakamlar Toshkentga!

Yanvar-fevral oylarida Superliga klublarining xorijda yig'in o'tkazishi urfga aylanib ulgurdi.

Bugungi kunda Superliganing oz emas, ko'p emas naq 9ta klubi Turkiyada bo'lib turibdi. Bular - "Paxtakor", AGMK, "Navbahor", "Bunyodkor", "Qizilqum", "Metallurg", "Dinamo", "Neftchi", "Nasaf" va "Olimpik". SHuningdek, 10 fevral kuni "So'g'diyona"ning ham chetga ketishi kutilyapti. 

Lekin bu maqola jamoalarning xorijda qanday tayyorgarlik ko'rishi, kimlar bilan o'ynashi haqida emas. Futbolda shunday soha borki, biz odatda faqat o'yin payti shu soha egalariga etibor qaratamiz. Boshqa payt esa ular haqida deyarli gapirmaymiz, gapirsak ham mavzu tez boshqasiga o'tib ketadi. Bu o'rinda gap hakamlar haqida boryapti. 

Zamonaviy futbolda hakamlar futbolning ajralmas qismiga aylanib bo'ldi. Jahon futboliga VAR texnologiyasi kirib kelishi hakamlarga bo'lgan etibor FIFA nazdida aslo kam emasligini ko'rsatdi. SHubhasiz VAR dunyo futbolida juda katta "portlash" bo'ldi. 

Biz odatda klublarning mavsumga tayyorgarligi haqida ko'p to'xtalamiz. Bu bilan go'yoki futbolning asosiy "mazasi" shundan iborat deb o'ylaymiz. To'g'ri, har bir klubning o'z muxlislari bor va ular tayyorgarlik, yangiliklar, kelgan va ketgan futbolchilar, o'yinlar haqida ko'proq bilishga haqli. Lekin hakamlarning o'z muxlisi yo'q. SHunday bo'lsa-da, chempionat saviyasi oshishida hakamlar ham katta rol o'ynaydi, ularning mavsumga yaxshi tayyorgarlik ko'rishida puxta va pishiq yig'inlar kerak bo'ladi.

2018 yilning 7 fevralida chiqqan xabar

Esingizda bo'lsa, bir paytlar "Klublar chetga chiqib yig'in o'tkazib qaytyapti, hakamlar ham chetga boradimi?" degan savol ko'tarilgandi. Umid Ahmadjonov O'FAni boshqargan mahal shu savol o'rtaga tashlangan va 2018 yilning fevral oyida O'FA bir nechta hakamlar uchun Turkiya yig'inini tashkil etib bergandi. 

Natijada 2018 yilning 7 fevral kuni "O'zbekistonlik 30 nafar hakam Turkiyada yig'in o'tkazadi" sarlavhali xabar chiqqan. 10-20 fevralga belgilangan yig'inda jami 30 nafar hakam (13 nafar bosh hakam, 17 nafar yordamchi) Antaliyaga otlanib, u erda bir nechta o'yinlarni boshqarib qaytgandi. O'shanda hakamlar delegaciyasiga Mamur Saidqosimov rahbarlik qilgan bo'lib, amaliy va nazariy mashg'ulotlar Farhod Abdullaev, koordinatordik vazifasi Bobur Haydarov tomonidan olib borilgan. Jismoniy tayyorgarlik bo'yicha yo'riqchi vazifasini esa Radik Xubbiev bajargan. 

Turkiya yig'inida ishtirok etgan hakamlar: 

Referilar - Zokir Qodirov, Viktor Serazitdinov, Vladislav Ceytlin, Hasan Ro'ziev, Temur To'xtasinov, Olim Tolibjonov, Ahrol Risqullaev, Jasur Muxtorov, Asker Najafaliev, Firdavs Norsafarov, Olim To'ychiboev, Akobirxo'ja SHukurullaev, Rustam Lutfullin, Vladislav Ceytlin. 

Assistentlar - Ziyodullo Abdurahmonov, Timur Galeev, Aleksandr Sidorov, Rishat Nugmanov, Sanjar SHoyusupov, Obid Jumaev, Ruslan Samandarov, Mo'minjon Majidov, Rasuljon Fozilov, Aleksandr Burov, Ravil SHayaxmetov, Artyom Kalinin, Anvarjon Marajabov, Ravshan Kapadze, Doniyor Saylavov, Olim Abduvasilov, Husniddin SHodmonov. 

Qo'shimcha malumot uchun: 2018 yilning fevral oyida Turkiyada o'zbekistonlik hakamlardan tashqari Tailand, Belarus, Qirg'iziston, Rossiya hakamlari ham yig'in o'tkazgan. Xususan rossiyalik hakamlar delegaciyasi 60 kishini tashkil etgan.


 


Bu yil esa Toshkent!

Hakamlarimizning chetga chiqib yig'in o'tkazishi va bir nechta xalqaro o'yinlarni boshqarib qaytishi Umid Ahmadjonov davrida bir ro'y berdi-yu, shu bilan to'xtadi. Masalan, bu yil 17-21 va 24-28 yanvar kunlari hakamlar faqat Toshkentda yig'in o'tkazish bilan cheklandi. Mayli, yanvardagi yig'in poytaxtda o'tkazildi ham deylik, lekin fevralda nima bo'ladi?

Bizga malum bo'lishicha, Toshkent yig'inidan so'ng barcha referilar va qanot hakamlariga javob berib yuborilgan va ular o'z turar joylariga jo'nab ketgan. Endilikda ular faqat o'z viloyat (shahar)laridagi o'yinlarni boshqarib turadi.

Agar yuqori saviyadagi o'yinlar tashkil qilinsa xo'p-xo'p, lekin Superliga ishtirokchilari bugungi kunda xorijga yo'l olgan bir paytda ular qaysi o'yinlarni boshqarib, shu orqali mavsumga tayyorgarlik ko'radi degan savol tug'iladi.

Axir maydonga chiqib quruq yugurgan bilan ish bitmasligi malum. Hakamlar ham mavsumga yaxshi hozirlik ko'rishi uchun ularga amaliyot, yani keskin kurashlarga boy o'yinlar kerak bo'ladi. CHunki kuchli tayyorgarlik ertaga Superliga boshlangan paytda hakamlarning to'g'ri qachor chiqarishi va o'yinlarni yuqori saviyada boshqarishi uchun muhim ahamiyat kasb etadi. 

Bu yil Toshkent yig'inida qatnashgan hakamlar ro'yxati: 

Referilar - G'ayrat Juraev, Ilya Ilin, Ibrohim Ismoilov, Nayim Qosimov, Husan Muzaffarov, Ahrol Risqullaev, Abdurashid Xudoyberganov, Rustam CHoriev, Farrux Yansupov, Ravshan Abduvohidov, Rahimbek Karimov, Rustam Lutfullin, Asker Najafaliev, SHavkat Nasibullaev, Akmaljon Rahimov, Viktor Serazitdinov, Elyor Tursunov, Akobirxo'ja SHukurullaev, Anna Sidorova. 

Yordamchi hakamlar - Avazbek Abdullaev, Ziyodullo Abdurahmanov, Aleksandr Burov, Timur Gaynulin, Elnur Doniyorov, Anvar Marajabov, Sardor Nishonboev, Abduhamidullo Rasulov, Ruslan Serazitdinov, Daler Tilloev, Andrey Capenko, Sanjar SHoyusupov, Husniddin SHodmonov, Zufar Eliboev, Alisher Usmonov, Aleksandr Sidorov, Olimjon Abduvasilov, SHohruhbek Azamov, Akmal G'iyosov, Feruz Dostonov, Obid Jumaev, Damir Iskanderov, Oybek Kallaxo'jaev, SHerzod Kamarov, Sardor Hakimov, Bektursin Kannazarov, Maksim Nexochin, Jahongir Saidov, Jalgasbay Sarsenov, Rishat Nugmanov, Mahmud Turdiev, Farhod Usmonov, Rasuljon Fozilov, Doniyor Saylavov. 

 


SHu o'rinda bizni hayron qoldirayotgan jihat, O'FA vice-prezidenti Ravshan Ermatov o'z paytida kuchli hakam bo'lganini hammamiz yaxshi bilamiz va bugungi kunda hakamlar holatini u kishi tushunmasa, boshqa kim yaxshiroq tushunadi? To'g'ri, Toshkentda ham yig'in o'tkazsa bo'ladi, har holda kam xarajat ketadi, biroq bu erda keskin o'yinlar ko'p emas, hozir eng zo'r o'yinlar Antaliyada bo'lyapti.

CHunki Antaliyada yanvar-fevral oylari ko'plab davlat klublari yig'in tashkil qiladi. Agar bizning hakamlar ham shu payt chetga chiqib, bir nechta o'yinlarni boshqarib, shu orqali malaka oshirib qaytishsa, ertaga Superliga paytida bu faqat foydaga ishlaydi. Faraz qiling, klublar, futbolchilar, murabbiylar mavsumga tayyor, lekin hakamlar tayyor bo'lmasa, biz yana ularni maydonda haqorat qilish bilan vaqt o'tkazamizmi? Qachon professional bo'lamiz?

Xulosa o'rnida eng muhim gapni aytishni unutmaylik. Hakamlar Superliga yoki Proliga klublari ishtirokidagi o'yinlarni mavsum boshlanganidan keyin ham boshqaradi. Lekin chetga chiqib xalqaro nazorat uchrashuvlarini boshqarish ular uchun "yangi qon" vazifasini o'tab beradi.

Bugungi kunda hakamlarimizga "yangi qon" nihoyatda kerak. Ular faqat O'zbekiston hududidagi o'yinlarda hakamlik qilish bilan cheklanib qolmasligi lozim. Ularga hech bo'lmasa mavsumga tayyorgarlik chog'ida "havo almashtirib" kelishi uchun zarur shart-sharoitni yaratib berish O'FA vazifasi hisoblanadi.

Borsin ular ham Turkiyaga, Serbiya, Ukraina, Rossiya, Xorvatiya, CHernogoriya klublari o'yinlarida hakamlik qilib qaytsin, boshqa hakamlar bilan o'zaro tajriba almashsin. Agar har yili shuni odat qilib olsak, bizdan bir-ikkita emas, kamida 6-7 nafar FIFA hakami chiqishiga ishonsa bo'ladi.

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика