Klopp: “Yigitlarim vazifani qoyilmaqom tarzda uddaladi”

Aslanov Jasurbek
7 dek 2020, 09:24
“Liverpul” ustozi APL 11-turi doirasida “Vulverxempton”ga qarshi (4:0) bahsdan so'ng fikrlari bilan bo'lishdi.

“O'yin, atmosfera - hammasi ajoyib bo'ldi. Badanim jimirlab ketdi. Biz muxlislarning stadionga qaytishini kutdik. Biz avvallari buning qadriga etgandik deb ayta olmayman. Bu juda ham qayg'uli bo'ldi.

O'yindan oldin turli sinovlar bo'ldi, boisi “bo'rilar” turli sxemalarda to'p tepardi. Men yigitlarga raqibga qanday qilib bosim o'tkazish borasida ma'lumotlarni berdim. Ular esa vazifani qoyilmaqom tarzda uddalashdi.

Posbonimiz Kellexer etuk va juda xotirjam. U to'p bilan ham, to'psiz ham juda yaxshi o'yin namoyish qildi. Bu uning uchun unutilmas kecha bo'ldi”, - deydi Klopp.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: BBC Sport