Klopp: "Virjilni hech kim ushlab turgani yo'q"
02 may 2021 15:07
Yangiliklar
Klopp: "Virjilni hech kim ushlab turgani yo'q"
"Liverpul" bosh murabbiyi Yurgen Klopp himoyachi Virjil van Deykning Niderlandiya termasi tarkibida Evroda qatnashishi mumkinligi haqida gapirdi.
"Virjilning tizzasi jarohatlangan. Uni ushlab turmoqchi emasman, ammo Evroga ham qo'yib yuborish niyatim yo'q. Uning ko'zlariga qarash kerak. Biz va siz futbolning ichidagi odamlarmiz. Agarda bunday turnirda o'ynashni istasang, ancha oldin mashg'ulotlarni boshlashing kerak. 10-11 oyni o'tkazib yuborib, so'nggi haftalarda mashg'ulotlarga qo'shilish yaramaydi. Bu bo'lishi mumkin emas va bundan keyin ham bo'lmaydi.
Virjilni hech kim ushlab turgani yo'q. Ammo u o'zini havf ostiga qo'ya olmaydi. Gap futbolchining hayoti va faoliyati haqida ketmoqda. U imkon qadar tezroq safga qaytishga istamoqda. Biroq Evro masalasi ochiqligicha qolmoqda. Nima bo'lgan taqdirda ham Virjilning o'zi qarorni qabul qiladi", - dedi Klopp.
Fikrlar