Klopp Veynaldumni "Liverpul"da saqlab qolmoqchi
28 noy 2020 18:15
Yangiliklar
Klopp Veynaldumni "Liverpul"da saqlab qolmoqchi
"Liverpul" bosh murabbiyi Yurgen Klopp yarim himoyachi Jorjino Veynaldumning ehtimoliy ketishiga munosabatini bildirdi.
"Agar u biz bilan qolsa, juda ham mamnun bo'lardim. Meni uning o'yini to'liq qanoatlantirmoqda. Veynaldum tez-tez maydonga tushadigan bo'ldi va buni barcha sezdi deb o'ylayman. Umid qilamanki, bizning hamkorligimiz davom etadi", - deydi nemis murabbiyi.
Oldinroq, niderlandiyalik futbolchiga "Barselona" va "Inter" klublari tomonidan qiziqish bo'layotgani aytilgan edi.
Veynaldum joriy mavsum APL doirasidagi 9ta o'yinda maydonga tushdi. Uning mersisaydliklar bilan tuzgan shartnomasi 2021 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Вильярреал" устидан ишончли ғалабага эришди, мезбонлар ўйинчиси 39-дақиқада майдондан четлатилди
"Реал" Абдуқодир Ҳусановни ўз сафига қўшиб олмоқчи
АПЛ. "Ман Сити" ўз майдонида "Вест Хэм"ни мағлуб этди, Ҳусанов 67-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Манба: Абдуқодир Ҳусановни АПЛнинг бошқа топ-клуби 47 миллион фунтга сотиб олишга тайёр
Fikrlar