So’nggi yangiliklar

16:22"Тоттенхэм" япониялик ҳимоячи билан шартнома имзолади  0 15:54Афғонистон терма жамоаси Россияга ўртоқлик ўйини ўтказиш таклифини берди  2 15:24Дибала "Ливерпуль" нишонида  2 14:55МЮ Эдерсон бўйича музокаралар олиб бормоқда  4 14:28"Тоттенхэм", "Ньюкасл" ва "Наполи" Грилишга даъвогар  0 14:02U-16 халқаро турнири. Ўзбекистон бу гал Японияга имкониятни бой берди  16 13:33Луис Диас "Бавария"га ўтиш арафасида: клублар музокараларга киришмоқда  5 13:06"Спортинг" Гёкерешни Суарес билан алмаштирмоқчи  2 12:39Файзуллаевнинг мураббийи: "Аббос ўзи учун тўғри қарор қабул қилади"  5 12:18Марко Верратти Қатарда жамоасини ўзгартирди  1 11:50"Комо" таркибни кучайтиришда давом этади. А Серия клуби "Селтик" юлдузини 19 млн еврога сотиб олмоқчи  4 10:50Ўзбекистон МТЖ аъзосига Туркия клуби қизиқиш билдирмоқда  4 10:24Мусиала операция қилинди  8 09:53“Навбаҳор“ футболчиси ОКМКга ўтди  4 09:22“Пахтакор“ вингери фаолиятини “Андижон“да давом эттиради  9

Klopp Van Deyk va Gomesning qachon safga qaytishini aytdi Yangiliklar

Klopp Van Deyk va Gomesning qachon safga qaytishini aytdi

"Liverpul" bosh murabbiyi Yurgen Kloppning aytishicha, himoyachi Virgil van Deyk payshanba kuni "Gerta"ga qarshi o'rtoqlik uchrashuvida ishtirok etishi mumkin.

"Umid qilamanki, garchi ishonchim komil bo'lmasa ham, Virgil bir necha daqiqa o'ynashi mumkin. U mashg'ulotlarda juda yaxshi ko'rindi va ehtimol maydonga tushirarmiz. Lekin u bilan suhbatlashib, hamma narsani aniqlab olishim kerak. Van Deyk tayyorga o'xshadi, shuning uchun uning holatini ko'rib chiqamiz. Agar bo'lajak uchrashuvlarni tiklanish jarayonining bir qismi deb hisoblasak, demak, bularning barchasi mantiqan to'g'ri.

Jo Gomes ham safga qaytishga yaqin. Ular kim tez qaytarga raqobatlashmaydilar, ammo Jo oldinroq qo'shilsa kerak. Agar Virgil bo'lajak o'yinda 20 daqiqa o'ynasa, ehtimol keyingi uchrashuvda Jo maydonga tushishi mumkin. Barchasini o'ylab ko'ramiz. Ikkalasi ham mashg'ulotlarda o'zini yaxshi his qilmoqda", — deydi Klopp.

Eslatib o'tamiz, Van Deyk o'tgan yilning oktyabr oyida "Everton"ga qarshi o'yinda oyog'idan jarohat olgandi va shu vaqtdan beri maydonga tushmadi. Gomes ham jarohati sababli noyabr oyidan beri o'ynamayapti.

Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика