Klopp: "Sovringa emas, balki, virus sababli o'lgan insonlarga achindim"
21 iyu 2020 12:50
Yangiliklar


Klopp: "Sovringa emas, balki, virus sababli o'lgan insonlarga achindim"
"Liverpul" bosh murabbiyi Yurgen Klopp APLning qayta boshlanishi haqida gapirdi.
"Dunyodagi holat sababli men qo'lga kiritiladigan sovrin haqida umuman o'ylamadim. Faqatgina virus sababli vafot etayotgan insonlarga achindim.
Bir vaqtlar chempionatni yakunlash muhokama qilinganida "Vau" deb qo'ygandim. Albatta, buni qabul qilish juda qiyin. Har doim mavsumni yakunlab qo'yish haqida o'ylaganman. Mana shunday imkoniyat paydo bo'ldi.
CHempionat yakuni ajoyib o'tadi. Buning uchun bor kuchimizni ishga solamiz. Oldimizda "Everton"ga qarshi qiyin o'yin kutib turibdi", - dedi Klopp.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar