Klopp Sautgempton akademiyasi haqida gapirdi

10 fev 2018, 01:37
“Liverpul” bosh murabbiyi Yurgen Klopp APLning navbatdagi turida “Sautgempton”ga qarshi bhas oldidan raqib jamoa akademiyasi haqida o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

“Qizillar” safida “Sautgempton”ning bir qator sobiq futbochlchilari – Virjil van Deyk, Deyan Lovren, Nataniel Klayn, Adam Lallana, Aleks Oksleyd-Chemberlen va Sadio Mane to'p tepishadi.

“APLda Sautgemptondan chiqqan bir qator iqtidorli futbolchilar to'p tepadi. Men odatda biror bir yangi futbolchi haqida so'raganimda, ko'pincha aynan ushbu klub akademiyasidan yetishib chiqqanligini aytishadi. Haqiqatan ham ularda bu borada samarali tizim ishlamoqda. “Liverpul” skautlik bo'limini aynan shu akademiyada joylashtirish kerak” deya Kloppning so'zlaridan iqtibos keltirmoqda Sky Sports nashri.

O'xshash yangiliklar


Manba: Sky Sports