Klopp: "Salah "sho'ng'idi". Men buni oqlamayman"

Tolibjon Qosimov
7 may 2018, 21:46
"Liverpul" bosh murabbiyi Yurgen Klopp jamoa to'purari Muhammad Salahning "Chelsi"ga qarshi o'yin (0:1)da olgan sariq kartochkasi haqida gapirdi.

Eslatib o'tamiz, Salah "Chelsi"ga qarshi o'yinda 1-bo'limning oxirida penalti ishlash uchun simulyaciya qildi va buning uchun ogohlantirildi.

"Bu "sho'ng'ish" edi yoki u raqib o'yinchisi bilan kontakt bo'lishini xohladi. Men bunga amin emasman. Lekin, bu men undan kutadigan narsa emas. Va bu Muhammad xohlaydigan narsa ham emas. Bunaqasi bo'lib turadi. U yanada yaxshiroq o'ynay oladi va u hali yana gol uradi. Men bunga shubha qilmayman", - dedi Klopp.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: Sky Sports