Klopp: “Pep buni jiddiy aytdimi?”
25 iyu 2020 19:50
Yangiliklar
Klopp: “Pep buni jiddiy aytdimi?”
“Liverpul” ustozi Yurgen Klopp “Manchester Siti” murabbiyi Pep Gvardiolaning fikriga hazil tariqasida javob qaytardi.
Gap shundaki, Gvardiola Angliya Kubogi chorak finali doirasida 28 iyun kuni "Nyukasl”ga qarshi o'tadigan bahs haqida o'ylayotgani to'g'risida aytgan edi.
“Nima? U buni jiddiy aytdimi? Pep … U poker o'ynashi kerak!
“Manchester Siti”ni hurmat qilmasligim mumkin emas. Ular namoyish etayotgan futbol menga juda yoqadi. Har xilmiz, farq qilishimiz ham kerak. “Manchester Siti” kabi bo'lolmaymiz. Ehtimol, maydonda turli jabhalarni qadrlaymiz. Bu futbolga ikki xil yondashuv va menga ikkisi ham maqul keladi”, deydi germaniyalik mutaxassis.
Eslatib o'tamiz, “Siti” bugun “CHelsi”ga qarshi mehmonda bahs olib boradi.
Fikrlar