Klopp nima uchun Levandovskiga 50 evro bergan?

5 mar 2021, 20:29
Myunxenning “Bavariya” klubi superyulduzi Robert Levandvski “Borussiya” (Dortmund) libosida o'ynagan davrlaridagi qiziqarli xotiralaridan biri bilan o'rtoqlashdi.

“U davrlar jamoani boshqarayotgan Yurgen Klopp bilan bahs boylashardik. Mashg'ulotlarda 10 gol ursam, u menga 50 evro berishi kerak edi. Bir necha haftadan keyin yonimga kelib: bu juda ko'p! Ortiq senga pul to'lamayman, dedi”, – eslaydi 32 yoshli polshalik futbolchi.

Ma'lumot uchun, Levandovski “Borussiya” tarkibida 2010-2014 yillarda harakatlangan.

O'xshash yangiliklar


Manba: AS