Klopp: "Napoli"ga qarshi bahs finaldek bo'ladi"

Aslanov Jasurbek
29 noya 2018, 10:47
"Liverpul" bosh murabbiyi Yurgen Klopp PSJga qarshi bo'lib o'tgan Chempionlar ligasi uchrashuvi natijasi (1:2) haqida fikr bildirdi.

"Bahs kutganimdek tezkor o'yin bilan boshlandi. PSJ to'p uchun kurashda g'olib chiqib, ikki marta gol urdi va bu juda yoqimsiz. Keyin biz o'yinni nazorat qildik.

Raqib ikkinchi bo'limda markazdagi "tirqishlar"ni yopa oldi. Uch-to'rt vaziyatda yaxshiroq harakat qilishimiz mumkin edi.

Endi "Napoli"ni mag'lub etishga majburmiz. Agar buni uddalasak pley-offga yo'l olamiz. 11 dekabr "Enfild"da finalga teng bahs bo'ladi" - deydi Klopp.

C guruhidagi turnir jadvali

1. "Napoli" - 9 ochko

2. PSJ - 8

3. "Liverpul" - 6

4. "Crvena Zvezda" - 4

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: UEFA