Klopp: "MYU "Siti"ga bas kela olmasligi barchaga tushunarli edi"
25 apr 2019 23:10
Yangiliklar


Klopp: "MYU "Siti"ga bas kela olmasligi barchaga tushunarli edi"
"Liverpul" bosh murabbiyi Yurgen Klopp Manchester derbisi haqida fikr bildirdi.
"Natija shunday bo'lishini bilgandim. "Yunayted" qo'lidan kelganini birinchi bo'limdagina qila oldi. Ha, ular bir-ikki vaziyatda omadi kelmadi. Ammo tushunarli ediki, jamoaning 95 daqiqa davomida "Siti"ga kuchi etmasdi.
Natija meni hayratlantirmadi. O'yinni xotirjam tomosha qildim. Nihoyat, o'yin ham yakunlandi. Oylab vaqt davomida raqibning bir zaxira o'yini bor edi. Endi barchasi ayon - biz "Siti"dan bir ochko ortdamiz. Barchasi so'nggi turda malum bo'ladi", - dedi Klopp.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar