Klopp: "Muvaffaqiyatsizliklar "CHelsi"ni yanada kuchaytirishi mumkin"
30 okt 2015 20:00
Yangiliklar
Klopp: "Muvaffaqiyatsizliklar "CHelsi"ni yanada kuchaytirishi mumkin"
"Liverpul" bosh murabbiyi Yurgen Klopp "CHelsi"ga qarshi o'yin oldidan o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
"Futbolchilarim "CHelsi"ni hurmat qilishlari lozim. Ushbu o'yinda g'alaba uchun qo'limizdan kelgan ishni qilamiz. Ramires, Matich, Keyxill, Terrilarning barchasi ajoyib futbolchilar. "CHelsi"ga qarshi o'ynash oson bo'lib qoldi deb hisoblamayman. Muvaffaqiyatsizliklar ularni yanada kuchaytirishi mumkin.
Mourino? U ajoyib murabbiy. Men jurnalist yoki hakam emasman. SHu sababli u bilan hech qachon oramizda tushunmovchiliklar yuzaga kelmagan", - deydi Klopp.
Eslatib o'tamiz, "CHelsi" - "Liverpul" o'yini ertaga Toshkent vaqti bilan soat 17:45 da boshlanadi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar