Klopp: "Milner "Tottenxem"ga qarshi o'ynamaydi"
04 noy 2022 22:54
Yangiliklar


Klopp: "Milner "Tottenxem"ga qarshi o'ynamaydi"
"Liverpul" bosh murabbiyi Yurgen Klopp yarim himoyachi Jeyms Milner APLning 14-turida "Tottenxem"ga qarshi o'ynamasligini aytdi.
Angliyalik futbolchi CHempionlar ligasi guruh bosqichidan o'rin olgan "Napoli"ga qarshi o'yinda (2:0) jarohat oldi va almashtirildi.
"Milner kelgusi o'yinda qatnashmaydi, chunki u miyasi chayqalgani tufayli tibbiy tekshiruvdan o'tmoqda. Agar tekshiruv yaxshi o'tsa, Jeyms seshanba kungi mashg'ulotlarga tayyor bo'ladi", - dedi Klopp matbuot anjumanida.
36 yoshli yarim himoyachi 2015 yildan buyon "Liverpul"da o'ynab kelmoqda. Yarim himoyachi joriy mavsumda 18 ta o'yinda maydonga tushdi va barcha musobaqalarda bitta golli uzatmani amalga oshirdi.
O’xshash yangiliklar
03:20
APL. "Liverpul" o'z uyida "Nyukasl"ni mag'lub etdi va jadvaldagi etakchiligini yanada mustahkamladi 11

Fikrlar