Klopp: "Meni "Barselona"ning muammolari qiziqtirmaydi"
18 avg 2017 20:04
Yangiliklar
Klopp: "Meni "Barselona"ning muammolari qiziqtirmaydi"
Kataloniyaliklar Filippe Koutinoni xarid qilish uchun urinishni davom ettirishmoqda.
"Liverpul" hozircha braziliyalik hech qanday pulga sotilmasligini tasdiqladi. Klopp Koutino "Liverpul" bilan shartnomasi bo'la turib, nima uchun "Barselona"ga o'tmoqchi bo'layotganini tushunmayapti.
"Bir daqiqa tasavvur qiling, "Barselona"ning muammolari meni shunchaki qiziqtirmaydi. O'yinchilar nima sabab "Liverpul"dan ketishadi tushunmayapman. Buning uchun katta sabab yo'q", - dedi Klopp.
Fikrlar