Klopp matbuot anjumanidan oldin jurnalistlarni ogohlantirdi

Оқил Абдубарноев
10 dek 2021, 19:41
"Liverpul" hafta oxirida o'z maydonida "Aston Villa"ga qarshi bahs olib boradi.

Asosiy intrigalardan biri sifatida Stiven Jerrardning "Enfild"ga raqib jamoa murabbiyi sifatida qaytishi nazarda tutilmoqda.

"Matbuot anjumanini boshlashdan avval shuni aytmoqchimanki, Stiven Jerrard haqidagi hech qanday savolga javob bermayman", - deydi jurnalistlar bilan suhbatni boshlashdan oldin "Liverpul" bosh murabbiyi Yurgen Klopp.

"Liverpul" – "Aston Villa" uchrashuvi 11 dekabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 20:00 da boshlanadi.

Eslatib o'tamiz, Stiven Jerrard bir necha hafta oldin "Aston Villa bosh murabbiyiga aylangandi.

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif