Klopp: “Mane ajoyib formada. Saloh esa harakat qilishda davom etishi kerak”
20 mar 2019 20:40
Yangiliklar


Klopp: “Mane ajoyib formada. Saloh esa harakat qilishda davom etishi kerak”
“Liverpul” bosh murabbiyi Yurgen Klopp jamoasi hujuchilari Sado Mane va Muhammad Salohnng hozirgi holati haqida gapirdi.
“Mane juda zo'r “forma”da, albatta. Sado har doim yaxshi o'ynab kelgan. Ammo hozir u doim kerakli “nuqta”da paydo bo'lmoqda. Futbolda shunaqasi bo'lib turadi. U aynan o'sha kerakli “nuqta”da paydo bo'lish uchun faqat va faqat harakat qildi, o'z ustida tinimsiz ishladi.
Saloh ham ayni shu harakatni bajarishi lozim. SHunda muvaffaqiyat yana qaytadi. Salohga biroz omad kulib boqmayapti. Sado esa yaxshi “forma”da va imkoniyatlardan samarali foydalanmoqda”, deydi Klopp.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar