Klopp Lovrenning ketishi haqida: "Hali hech narsa deya olmayman. Buni muhokama qilmaymiz"
25 iyu 2020 17:45
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/583175_original.jpg)
![](/upload/storage/583175_220.jpg)
Klopp Lovrenning ketishi haqida: "Hali hech narsa deya olmayman. Buni muhokama qilmaymiz"
"Liverpul" bosh murabbiyi Yurgen Klopp Deyan Lovrenning "Zenit"ga o'tishi borasidagi savolga javob berdi.
"Biz buni muhokama qila olmaymiz, hali hech narsa hal bo'lgani yo'q. Agar siz o'yinchining ketishi haqida gapirmasangiz, uning o'rnini to'ldirishni ham muhokama qila olmaysiz.
Agar biz nimadir aytishimiz kerak bo'lsa, biz buni qilamiz. Hozir esa hech narsa yo'q", - deydi Klopp.
Kecha Lovrenning "Zenit"ga 10,9 million funt evaziga o'tishga yaqin ekanligi borasida xabarlar yangragandi.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar