Klopp: "Liverpul" "Uembli"ga faqat g'alaba uchun boradi"
27 jan 2016 11:16
Yangiliklar
Klopp: "Liverpul" "Uembli"ga faqat g'alaba uchun boradi"
Qizillar "Stok Siti"ga qarshi ikkinchi yarim final bahsida 0:1 hisobida mag'lub bo'lishdi, ammo penaltilar seriyasida raqibni 6:5 hisobida taslim etishdi.
"Stadionda ajoyib atmosfera hukmron edi. Kuchli raqibga qarshi zo'r o'yin bo'ldi. Bugun "Stok Siti" o'z o'yin uslubini o'zgartirdi. Ularning tarkibida Jek Batlend va Piter Krauchlar maydonga chiqdi va shu sabab himoyamiz biroz qiynaldi. Bazi muammolarimiz bor edi, ammo kulollar ko'p imkoniyat yaratgani yo'q.
Gol urilgan paytda ikki futbolchi ofsaydda edi, ammo biz penaltilar seriyasida g'alaba qozondik. Muxlislar va "Liverpul" finalga munosib edi. "Uembli" - futbol o'ynash uchun ajoyib joy, ammo biz u erga faqat g'alaba maqsadida boramiz. Mag'lubiyatdan hech kim qoniqmaydi" - deydi Klopp.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. Бир неча кун олдин "Барселона"ни тор-мор этган "Атлетико" чемпионат аутсайдерига йирик ҳисобда мағлуб бўлди ва тўртинчи ўринга тушиб кетди
Элит ОЧЛ. "Насаф" турнирдаги илк ғалабасини тантана қилди, аммо юришини гуруҳ босқичида якунлади
Англия Кубоги. "Манчестер Сити" ўз майдонида "Салфорд Сити"ни ишончли ҳисобда мағлуб этди
Родри дисквалификация қилиниши мумкин
Fikrlar