Klopp "Liverpul" rahbariyatidan "Atletiko" futbolchisi bilan shartnoma imzolashni so'radi
05 noy 2022 14:07
Yangiliklar
Klopp "Liverpul" rahbariyatidan "Atletiko" futbolchisi bilan shartnoma imzolashni so'radi
"Liverpul" bosh murabbiyi Yurgen Klopp klub rahbariyatidan "Atletiko" yarim himoyachisi Markos Lorente bilan shartnoma imzolashni so'radi.
Mersisaydliklar bosslari ispan klubi bilan ehtimoliy muzokaralar bo'yicha aloqaga chiqishmoqda.
27 yoshli Lorentening "Atletiko" bilan shartnomasi 2027 yilning yoziga qadar mo'ljallangan. Transfermarkt portali o'yinchini 40 million evroga baholamoqda.
Futbolchi joriy mavsum 9ta o'yinda 1ta gol urishga erishdi.
Fikrlar