Klopp: “Liverpul” juda yomon o'ynadi”
29 dek 2021 07:40
Yangiliklar
Klopp: “Liverpul” juda yomon o'ynadi”
“SHubhasiz, “Lester” uchun munosib natija.
G'alati o'yin. Etarli darajada yaxshi o'ynolmadik. To'p bilan to'g'ri muomala qila olmadik. Juda yomon o'yin o'tkazdik, shu tufayli barchasi adolatli.
Qabul qilgan qarorlarimiz salbiy edi. Ehtimol, biroz omad etishmagandir. Ammo nima bo'lsa bo'ldi.
Bizda gol urish uchun ko'proq imkoniyatlar bo'lishi kerak. Ha, g'alaba uchun ularning soni etarli edi. Ammo yutqazsangiz, demak ko'proq vaziyat yaratish kerak edi.
Uchrashuvni yaxshi boshladik, lekin avvaliga ritmni butunlay yo'qotdik, keyin esa shunchaki uni qaytarib ololmadik. “Lester” esa 2 kun oldin ham o'ynagandi, shu tufayli ular hammasiga loyiq.
Ular darvozaga bitta zarba berishdi, ko'p imkoniyatlar bo'lmadi. Yaxshiroq himoyalanishimiz lozim. Odatda shunday ham qilamiz, ammo bugun bu nega o'xshamaganini tushuntirish mushkul.
“Manchester Siti” bilan o'rtamizda katta farq paydo bo'ldi. Biroq, ayni vaqt bu mening muammom emas. Odatdagidek futbol o'ynasak, muntazam g'alaba qozonishga imkoniyatiga ega bo'lamiz”, deydi Klopp.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
АПЛ. "Арсенал" "Астон Вилла"нинг ғалабали сериясига нуқта қўйди. МЮ аутсайдерни мағлуб эта олмади
ОЧЛ 2 плей-офф босқичига қуръа ташланди: Роналду етакчилигидаги "Ал Насср" "Арқадағ" билан ўйнайди
Месси "Америка қироли" мукофотини қўлга кирита олмади. Уни "Фламенго" ярим ҳимоячиси ортда қолдирди
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Fikrlar