Klopp: "Liverpul" futbolchilarni klubda qolishga pul bilan emas, futbol bilan ko'ndiradi"
03 mar 2018 17:11
Yangiliklar


Klopp: "Liverpul" futbolchilarni klubda qolishga pul bilan emas, futbol bilan ko'ndiradi"
"Liverpul" bosh murabbiyi Yurgen Klopp futbolchilarni qanday jamoada olib qolishi haqida aytib berdi.
"Jamoada yoshroq futbolchilarni saqlab qolishimiz kerak. Asosiy futbolchilarni yig'ib, qolganlarga omad tilaydiganlardan emasmiz.
Bizning ishimiz - har bir inson uning bir qismi bo'lishni istaydigan narsa yaratish. Atrofda etarlicha yaxshi klublar bor. "Liverpul"dan yaxshiroq bo'lgan 20ta jamoa yig'ilmasa kerak, biroq bir nechta kuchli klublar mavjud. Agar ular futbolchiga katta maosh taklif qilishsa, o'yinchilar ushbu taklifni qabul qilishi mumkin.
Biz futbolchilarni pul bilan ishontira olmaymiz. Ularni munosabatimiz, muammolarni birga hal qilishimiz va futbol bilan ko'ndirishimiz kerak. "Liverpul"da ajoyib futbol loyihasi amalga oshirilmoqda. Jamoaga kelganimdan beri shunday taassurot uyg'onmoqda" - deydi Klopp.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar