Klopp "Liverpul" bosh murabbiyi sifatida APLdagi 100-uchrashuvini o'tkazmoqda
31 mar 2018 17:03
Yangiliklar


Klopp "Liverpul" bosh murabbiyi sifatida APLdagi 100-uchrashuvini o'tkazmoqda
Angliya Premer-ligasining 32-turida "Liverpul" "Kristal Pelas"ni qabul qilmoqda.
Bu bahs mersisaydliklar ustozi Yurgen Klopp uchun jamoa bosh murabbiyi sifatida Premer-ligadagi 100-o'yini. Avvalgi 99ta uchrashuvda nemis mutaxassisi qo'l ostidagi "Liverpul" 53ta g'alabaga erishdi, 28 marta durang o'ynadi va 18ta marta mag'lubiyat alamini tatib ko'rdi. Klopp jamoasi o'rtacha har bir o'yinda 1,89 ochko olgan - bu Rafael Benitesdan (1,9) keyingi eng yaxshi natija.
Klopp 2015 yilda "Liverpul"da Brendan Rojers o'rnini egallagan edi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar