Klopp: "Liverpul" Azarga qo'riqchi qo'ymaydi"
29 sen 2018 12:54
Yangiliklar
Klopp: "Liverpul" Azarga qo'riqchi qo'ymaydi"
"Liverpul" bosh murabbiyi Yurgen Klopp "CHelsi"ga qarshi bo'lib o'tadigan APLning 7-tur uchrashuvidan oldin londonliklar yarim himoyachsi Eden Azarga alohida futbolchini biriktirmasligini aytdi.
"Borussiya"da ishlaganimda "Real" bilan o'yinda Xabi Alonsoga Mario Gyotceni qo'riqchi qilib qo'ygandim, ammo bu safar bunday qilmaymiz. Azarga hech kimni biriktirmaymiz, chunki u juda egiluvchan futbolchi. U hujumning barcha tomonlarida harakat qiladi. Xabi Alonso esa qaerda o'ynashi aniq edi. Bu vaziyatlar o'rtasida farq katta.
Azarni juda hurmat qilaman. U menga yoqadi. Ha, qiyin bo'ladi, biroq biz kerakli barcha ishni amalga oshiramiz, unga bo'sh hudud bermaymiz" - deydi Klopp.
"CHelsi" - "Liverpul" uchrashuvi bugun 29 sentabr kuni "Stemford Brij"da Toshkent vaqti bilan 21:30da boshlanadi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Манба: Абдуқодир Ҳусанов — Осиёнинг 2025 йилдаги энг яхши ёш футболчиси!
АПЛ. Дуранглар оқшоми: байрамдан кейин жамоалар ғолиб бўлишни исташмади
Расман: "Челси" ва Энцо Мареска ўзаро келишув асосида ҳамкорликни тўхтатди
Fikrlar