Klopp Koutino haqida: "U yuqori darajali o'yinchi, lekin biz undan foydalana olmadik"
20 avg 2019 21:08
Yangiliklar


Klopp Koutino haqida: "U yuqori darajali o'yinchi, lekin biz undan foydalana olmadik"
"Liverpul" bosh murabbiyi Yurgen Klopp yarim himoyachi Filippe Koutinoning "Bavariya"ga o'tishi, mersisaydliklar undan to'g'ri foydalana olishmaganini takidladi.
"G'alati eshitilishi mumkin. Lekin, biz undan to'g'ri foydala olmadik. Biz Filippe transferidan olgan pullarimizni allaqachon ishlatib bo'ldik. U yuqori darajali o'yinchi va ajoyib yigit.
O'z vaqtida Koutinoni "Barselona"ga sotishni istamaganmiz, lekin kataloniyaliklar rad etib bo'lmas taklif bilan chiqishgandi.
U o'yin borishini o'zgartirib yuborishi mumkin bo'lgan futbolchi. Bu "Borussiya D" uchun yaxshi emas, lekin Bundesliga va "Bavariya" uchun ajoyib transfer", - deydi Klopp.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar