Klopp Jotaning tiklanish jarayonlari haqida gapirdi
20 jan 2021 20:45
Yangiliklar


Klopp Jotaning tiklanish jarayonlari haqida gapirdi
Diogu Jota ECHL 6-turidan o'rin olgan "Midtyulland" bilan o'yinda tizzasidan jarohat olgandi.
“Diogu Jota hali ham jarohatidan tiklanmadi va umumiy guruh mashg'ulotlariga qaytishiga bir nechta hafta bor. Bu qachon yuz berishin esa aniq bilmayman, ammo bu yaqin bir yoki ikki hafta ichida sodir bo'lmaydi albatta.
Unga vaqt kerak, jarohat oddiy emas va tiklanish uchun qanchadir muddat zarur. Futbolchining qanchalar sog'inayotganim muhim emas, chunki u biz bilan bo'lmasa, uning yordamiga umid qila olmaymiz.
Dioguga to'liq sog'ayishiga vaqt berishimiz kerak. SHunday ham qilamiz. Umid qilamanki, u yaqin orada qaytsa, “Liverpul”da barcha xursand bo'ladi”, deydi Klopp.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar