Klopp jamoasini Evropa ligasidan chiqib ketgani haqida fikr bildirdi
19 apr 2024 09:01
Yangiliklar


Klopp jamoasini Evropa ligasidan chiqib ketgani haqida fikr bildirdi
Liverpul ustozi Yurgen Klopp Atalantaga qarshi javob uchrashuvi haqida fikr bildirdi.
«Bugungi uchrashuvda g'alaba qozondik, mana bizning haqiqiy futbol. O'yin qiyin bo'lishini bilardik. «Atalanta»ni yarim finalga yo'l olgani bilan tabriklayman. Ular 100 foiz haqli edilar. Bugungi uchrashuvdan so'ng menda har xil his tuyg'ular paydo bo'ldi. Biz musobaqani tark etdik, biroq jamoa o'yinidan qoniqdim. Dublinga borishni istagandik, biroq bu sodir bo'lmadi», — dedi Klopp.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar