Klopp ispaniyalik jurnalistga: “Bunday savollar jonimga tegdi”
10 mar 2020 20:45
Yangiliklar


Klopp ispaniyalik jurnalistga: “Bunday savollar jonimga tegdi”
“Liverpul” ustoziga koronavirus haqidagi savol yoqmagan.
Ispan muxbiri ECHL 1/8 finali doirasida "Atletiko"ga qarshi javob bahsi oldidan o'tgan matbuot anjumani vaqtida mersisaydliklar ustozidan, “shogirdlaringiz koronavirusga chalinishidan xavotirga tushmayapsizmi?”, deya aytgan.
“Bu savol nimaga berildi? Siz shahringizdagi vaziyatdan tashvishdamisiz yoki boshqa narsami? Barchamiz jamiyatning bir bo'lagimiz va xavotirlanishimiz kerak.
Liverpuldagi uchrashuvga kelishdan qo'rqmadingizmi? Sizning vazifangiz – futbol haqida malumot berishdir. O'ylaymanki, buni savol berishdan ko'ra, yaxshiroq uddalaysiz. Koronavirus haqidagi savollar jonimga tegdi. Futbolchilarimning bari sog'-salomat”, deya qayd etgan Klopp.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar