So’nggi yangiliklar

16:00МТЖни мундиалга ким олиб бориши керак?  5 15:41Тен Хаг: "Мавсумолди йиғиндаги натижаларга тупурдим"  3 15:26Андрей Лунин "Реал"даги келажагини ҳал қилди  0 14:40Тома Табатадзе "Нефтчи" билан ҳайрлашди  6 14:10"Фенербахче" ПСЖ ҳимоячисини сотиб олади  0 13:34"Реал" мухлислари учун хушхабар  2 12:58Мадуэке: "Арсенал" билан иштирок этадиган барча мусобақаларимда ғолиб чиқишни истайман"  1 12:27ПСЖ "Ювентус" юлдузини нишонга олди  1 11:47"Милан" ПСЖ футболчисига даъвогарлик қилмоқда  0 11:20Кападзе, Лёв, Билич – кимнинг ўйин услуби Ўзбекистонга мосроқ?  47 10:29"Динамо" Беларусда учта ўртоқлик ўйини ўтказади  2 10:05"Эсхата" устози Шуҳрат Умаров: "Шацкихга омад, ОЧЛда "Андижон"га мухлислик қиламиз"  0 09:43"Хоразм" назорат учрашувида "Бунёдкор" ўринбосарлари билан дуранг ўйнади  1 09:22Иззатилло Пўлатов: "Халқимиз қўллаб-қувватлаб турса, барчасига бирга эришамиз"  1 08:46Одил Ҳамробеков "Трактор"да норасмий дебютини ўтказди  0

Klopp: “Hammasi oddiy” Yangiliklar

Klopp: “Hammasi oddiy”

“Liverpul” bosh murabbiyi Yurgen Klopp ECHL yarim finali doirasida “Roma”ga qarshi kechadigan javob uchrashuvi oldidan o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

“Enfild”da kechgan ilk uchrashuvda mersisaydliklar 5:2 hisobida g'alaba qozonishgan edi.

“Yo'q, tezkor gol Rimdagi bahsda bizning asosiy maqsadimiz emas. O'yin tempini uchrashuv davomida saqlab turish, vaziyatlar yaratish – bizning vazifamiz. Yaxshi natija uchun imkoniyat bo'lsa, uni qo'ldan chiqarmasligimiz kerak. 

Bu shubhasiz ajoyib o'yin bo'ladi. Biz ertaga himoyaga bor kuchimizni tashlab, hujumda ham imkoniyatlarimizdan foydalanashimiz kerak. Rimdagi bahsni sabrsizlik bilan kutmoqdaman. “Olimpiko”da ajoyib atmosferada minglab muxlislar “Roma”ni ajoyib tarzda qo'llab-quvvatlashadi. Bizning muxlislar ham “Enfild”da shunday dalda bo'lishgandi. 

Finalga biz chiqsak, demak biz bunga loyiq bo'lamiz. Ular yo'l olishsa, demak ular shu yo'lda harakat qilishgan bo'ladi. Hammasi juda oddiy”, deya Kloppning so'zlaridan iqtibos keltirmoqda “Liverpul” matbuot xizmati.

“Roma”- “Liverpul” o'rtasidagi ECHL yarim final javob o'yini 2 may kuni soat 23:45 da Rimdagi “Olimpiko” stadionida boshlanadi.

Reyting: +21   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика