Klopp: "Gvardiola Angliyaning tig'iz jadvaliga tayyor bo'lishi kerak"
11 jan 2016 12:53
Yangiliklar


Klopp: "Gvardiola Angliyaning tig'iz jadvaliga tayyor bo'lishi kerak"
"Liverpul" bosh murabbiyi Yurgen Klopp Angliyaning tig'iz jadvaliga ko'nikish qiyinligini aytdi.
"Germaniyada Angliya Kubogi haqida eshitganimda juda hayron bo'lgan edim: Agar jamoalar durang qayd etsa, ikkinchi uchrashuv ham bo'lib o'tadi. Bizda qo'shimcha vaqt va penaltilar seriyasi bor, ammo ikkinchi o'yindan so'ng. Angliya shunday qurilgan - futbol, futbol, futbol, uchrashuvlar juda ko'p. Bu erda mavsumoldi tayyorgarlikni ideal darajada o'tkazish kerak. Bu oldindan malum edi, ammo boshingizdan o'tkazish boshqacha. Albatta, Gvardiola - tajribali mutaxassis. U bir nechta xarid amalga oshiradi va ajoyib jamoa tuzadi. Angliyadagi ishimdan faqat ijobiy tuyg'ularni his qilyapman. Ajoyib mamlakat, ajoyib insonlar va bu erda ovqat odamlar aytganidan yaxshiroq. Ob-havo haqida bir nima deya olmayman" - deydi Klopp.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar