Klopp: "Gvardiola 4 yil tatil olishi kerak"
16 okt 2022 15:55
Yangiliklar


Klopp: "Gvardiola 4 yil tatil olishi kerak"
"Liverpul" bosh murabbiyi Yurgen Klopp "Manchester Siti" ustozi Pep Gvardiolaning 4 yil tatil olishi tarafdori.
- Yozda Gvardiolaning "Manchester Siti" bilan shartnomasi yakunlanadi. Uning klubda qolishini istarmidingiz?
- Yo'q. Pep 4 yil tatil olishini xohlardim. Ha, shunday. Navbatdagi 4 yilda uni futbolda ko'rishni istamasdim. Bu albatta, xazil.
Bilmadim, buni aytish kerakmidi yoki yo'q. Uni dunyoning eng yaxshi murabbiyi deb hisoblayman. U buni har kuni barchaga ko'rsatib bera olyapti. Pepning qilayotgan ishlarini hurmat qilmasa bo'lmaydi, - dedi "Liverpul" ustozi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar