Klopp: "Germaniya Kubogini qo'lga kiritmoqchi bo'lganlar shanba kuni ichish huquqiga ega emas"
22 may 2015 10:17
Yangiliklar


Klopp: "Germaniya Kubogini qo'lga kiritmoqchi bo'lganlar shanba kuni ichish huquqiga ega emas"
Dortmundning "Borussiya" bosh murabbiyi Yurgen Klopp jamoa sardori Sebastyan Kelning "Verder"ga (23 may, 34-tur) qarshi uchrashuvdan so'ng xayrlashuv kechasini o'tkazish qaroriga fikr bildirdi.
Bir haftadan keyin, 30 may kuni "Borussiya" Germaniya Kubogi uchun "Volfsburg" bilan kurash olib boradi.
"Kel shanba kuni bayram uyushtirayotganini bilaman. Ammo Germaniya Kubogini qo'lga kiritmoqchi bo'lganlar "Verder"ga qarshi o'yindan so'ng ichish huquqiga ega emas. Kel menga kichik bayramda yigitlar tamaddi qiladi va biroz yayrashini, keyinroq esa hamma o'yiga yo'l olishini malum qildi" - deydi Klopp.
Eslatib o'tamiz, Kelning "Borussiya" bilan shartnomasi yakunlanib boryapti va Sebastya faoliyatini tugatish niyatida.

Fikrlar