Klopp Firminoning holati to'g'risida gapirdi
05 noy 2021 21:17
Yangiliklar
Klopp Firminoning holati to'g'risida gapirdi
"Liverpul" hujumchisi Roberto Firmino CHempionlar ligasi guruh bosqichidan o'rin olgan "Atletiko"ga (2:0) qarshi o'yinda jarohat oldi.
"Roberto haqida yaxshi yangilik yo'q. Unda sonining orqa qismida jiddiy jarohat bor — bu haqiqiy omadsizlik.
Davolanish uchun qancha vaqt ketishini aniq ayta olmaymiz. Ammo bu FIFA kunlaridagi tanaffusdan so'ng darhol sodir bo'lmaydi. Tarkib ustida ishlashimiz kerak bo'ladi.
Bu biz uchun og'ir zarba. U qancha muddatni o'tkazib yuborishini aniq bilmayman, ammo tiklanish 4 haftadan ko'proq vaqtni oladi. Jarohat jiddiy. Ko'ramiz, odatda Firmino tez tuzalib ketadi", — dedi "Liverpul" bosh murabbiyi Yurgen Klopp.
Fikrlar