

"Roberto haqida yaxshi yangilik yo'q. Unda sonining orqa qismida jiddiy jarohat bor - bu haqiqiy omadsizlik.
Davolanish uchun qancha vaqt ketishini aniq ayta olmaymiz. Ammo bu FIFA kunlaridagi tanaffusdan so'ng darhol sodir bo'lmaydi. Tarkib ustida ishlashimiz kerak bo'ladi.
Bu biz uchun og'ir zarba. U qancha muddatni o'tkazib yuborishini aniq bilmayman, ammo tiklanish 4 haftadan ko'proq vaqtni oladi. Jarohat jiddiy. Ko'ramiz, odatda Firmino tez tuzalib ketadi", - dedi "Liverpul" bosh murabbiyi Yurgen Klopp.



