Klopp Evropa Superkubogini ayol hakam boshqarishi haqida: "Yaxshi ko'rinishga harakat qilaman"
14 avg 2019 00:15
Yangiliklar


Klopp Evropa Superkubogini ayol hakam boshqarishi haqida: "Yaxshi ko'rinishga harakat qilaman"
Liverpul ustozi Yurgen Klopp CHelsiga qarshi bo'lib o'tadigan Evropa Superkubogini ayol hakam boshqarishiga munosabat bildirdi.
Eslatib o'tamiz, UEFA tasnifidagi erkakalar o'rtasida bo'lib o'tadigan musobaqalar tarixida ilk bora Stefani Frappar bosh referi sifatida faoliyat olib boradi.
«O'ylashimcha, vaqti keldi. Bibiana SHtaynxaus (boshqa bir ayol hakam) Germaniyada ishlagandi. Tarixiy voqelikning bir bo'lagi bo'lishimizdan xursandman. Yaxshi ko'rinishga harakat qilaman, bo'lmasa oyim xafa bo'ladilar. Bunaqasi ilk marta ro'y bermoqda, lekin bu muhim va o'ylaymanki, oxirgisi emas», – deydi Klopp.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar