Klopp: "Eng yaxshi o'yinimiz emas. Ammo "Liverpul" g'alabaga loyiq edi"
11 fev 2022 08:51
Yangiliklar


Klopp: "Eng yaxshi o'yinimiz emas. Ammo "Liverpul" g'alabaga loyiq edi"
"Liverpul" bosh murabbiyi Yurgen Klopp "Lester"ga qarshi o'yindan so'ng (2:0) o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
"Lester" juda yaxshi jamoa. Vaziyatlar bizda yaxshiroq bo'ldi va g'alabaga loyiq edik. Bu albatta eng yaxshi o'yinimiz emasdi, ammo biz g'alaba uchun kerakli darajada yaxshi o'ynadik.
Jota? Biz bu sodir bo'lishini oldindan sezgandik. U bizga tekinga tushmagan. Ammo biz umid qilgandik.
Biz haqiqatdan ham u yaxshi futbolchi bo'lishi haqida o'ylagandik. U shundoq ham yaxshi edi, hozir esa yanada kuchaydi.
"Manchester Siti" hali bizni his qilyapti deb o'ylamayman. Ammo biz har bir o'yinda g'alaba qozonishga harakat qilyapmiz", - dedi murabbiy.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar