Klopp: "Elliotning jarohati barchani shokka soldi"
13 sen 2021 00:44
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/657579_original.jpg)
![](/upload/storage/657579_220.jpg)
Klopp: "Elliotning jarohati barchani shokka soldi"
"Liverpul" bosh murabbiyi Yurgen Klopp APLning 4-turi doirasida "Lids"ga qarshi o'yindan keyingi fikrlarini bildirdi.
"Biz rostdan ham yaxshi o'yin ko'rsatdik, haqiqiy top-futbol. Bunday o'yin bilan yanada yaxshirog'iga erishishimiz mumkin edi. Biroq 3:0 ham yaxshi yakun. Biz har bir o'yinda 5, 6, 7talab gollar urishni istaymiz.
Elliot to'pig'idan jarohat oldi. Nima bo'lganini eshitdim, shifokorlarimiz holatni yaxshi tomonga o'zgartira olgan. SHu boisdan u kasalxonada yaxshi holatda. Usiz ham o'ynashda davom etamiz. Ammo uning qaytishini kutishga majburmiz. U rostdan ham top-futbolchi.
Uning oyog'i notabiiy holatda bo'lganini ko'rdim. SHu boisdan barcha hozirda shok holatida bo'lsa kerak", - dedi Klopp.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar