Klopp: “Bunga erishish ilojsiz emas, ammo juda qiyin”
09 may 2021 09:58
Yangiliklar
Klopp: “Bunga erishish ilojsiz emas, ammo juda qiyin”
“Liverpul” bosh murabbiyi Yurgen Klopp jamoasiing APL 35-turida “Sautgempton” (2:0) ustidan qozonilgan g'alabasiga izoh berdi.
“Og'ir bo'lishini bilardik. G'alaba qozonishning yagona yo'li – ko'proq mehnat qilish lozim edi va biz buni uddaladik.
Raqib jamoviy o'yinni yaxshi tashkil eta oladi. Ulardayam yaxshi imkoniyatlar bo'ldi. Biz o'zimiz ham yaxshi vaziyatni taqdim etdik (Alisson to'p uzatishda xatoga yo'l qo'ygandi). Ammo biz uch ochkoga loyiq edik. Birinchi gol ajoyib tarzda kiritildi. Ikkinchi golga qadar g'alabamiz xavotir ostida edi. Ikkinchi gol o'yin taqdiirni hal etdi.
Kuchli to'rtlikka kirish uchun kurashda davom etamiz. Bunga erishish ilojsiz emas, ammo juda qiyin. Harakatda davom etamiz, natijasini esa mavsum yakunida ko'ramiz”, dedi Klopp.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
АПЛ. "Арсенал" "Астон Вилла"нинг ғалабали сериясига нуқта қўйди. МЮ аутсайдерни мағлуб эта олмади
ОЧЛ 2 плей-офф босқичига қуръа ташланди: Роналду етакчилигидаги "Ал Насср" "Арқадағ" билан ўйнайди
Месси "Америка қироли" мукофотини қўлга кирита олмади. Уни "Фламенго" ярим ҳимоячиси ортда қолдирди
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Fikrlar