Klopp: “Bugun “Liverpul” ECHLga loyiq o'ynaganini ko'rmadim”
24 apr 2021 19:55
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/633480_original.jpg)
![](/upload/storage/633480_220.jpg)
Klopp: “Bugun “Liverpul” ECHLga loyiq o'ynaganini ko'rmadim”
“Ajoyib gol urdik, ammo o'yinni o'z foydamizga yakunlay olmadik. Etarlicha yaxshi harakat qilolmadik. Qarshi hujumlar bo'lmoqda, ammo to'p nazorati odatdagidek saqlab turishimiz kerak edi.
Ularga o'ynashga qo'yib berdik va ular golga loyiq edi. “Nyukasl” oldinroq ham gol urdi, ammo Uilsonga omad kulib boqmadi, qo'l bilan o'yin bo'ldi. Biroq, mazkur sovg'aga xursand emasmiz.
Nega bunday bo'lganini bilmaymiz. To'pni saqlab qolishimiz kerak edi. Qaysidir manoda etarlicha kurasholmayapmiz. To'pga nazorat qilishdagi ustunligimiz 70 % edi, bu 80 ga chiqish kerak edi. Golli vaziyatlar yaratdik, ammo unda foydalana olmadik. Demak, bundanda ko'proq harakat qilishimiz kerak. Bori shu. Hozircha esa bu bizda ko'ngildagidek chiqmayapti.
Raqib oxirigacha kurashdi, ammo bir ochkodan boshqa hech narsaga ega bo'lmadik. Bu mag'lubiyatga teng. Agar bunga loyiq bo'lsangiz, demak shundak bo'ladi albatta.
Bugun CHempionlar Ligasi keyingi mavsumida o'ynash huquqiga loyiqligimizni ko'rmadim”, deydi Klopp.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar