Klopp: "Bu - yuzga tortilgan shapaloq bo'ldi"
22 jan 2021 08:10
Yangiliklar


Klopp: "Bu - yuzga tortilgan shapaloq bo'ldi"
"Liverpul" bosh murabbiyi Yurgen Klopp "Byornli"ga qarshi o'yindagi mag'lubiyatdan so'ng (0:1) o'z fikrlarini bildirdi.
"Yuzga tortilgan shapaloq bo'ldi. Buning uchun men javobgarman.
Biz to'pni nazorat qildik, bir necha vaziyatlar yaratdik. Lekin gol kirita olmadik. SHu sababli natija qila olmadik, ular esa penalti ishlay olishdi. Alisson o'sha paytda to'pga tegmaganini aytdi, lekin o'zim ko'ra olmay qoldim.
Bazi vaziyatlarda noto'g'ri qarorlar qabul qilindi. Bu og'ir mag'lubiyat, sababini tushuntirish oson emas. Yigitlar yaxshi harakat qilishdi, ammo natija ko'rsata olishmadi. Ushbu o'yinda mag'lub bo'lish qiyin edi, ammo biz buni "uddaladik".
Kimnidir aybdor qilmoqchi emasman. Muammoga birgalikda echim topishimiz kerak. Futbolda vaqt u qadar ko'p emas.
Ayni paytda APL chempionligi uchun poyga haqida o'ylamayapmiz", - dedi Klopp.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar